O'zbekiston tarixini o'rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni o'rganish tamoyillari. Tarixni o'rganishning muhim nazariy metodologik asoslari bor. Bulardan biri dialektik metod. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o'zaro bog'lanishi, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo'ladi, deb taolim beradi. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Negaki, har bir xalq tarixi milliylik, o'ziga xos betakror xususiyatlari bilan jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog'lanishidadir. Darhaqiqat, O'zbekiston tarixi avvalo Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa bashariyat tarixi bilan chambarchas bog'langan. Qadim zamonlardan yaqin yillargacha Vatanimiz O'rta Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar: Afg'oniston, Eron, Shimoliy Hindiston kabi mamlkatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo'lib keldi. Bu katta hududda yashovchi urug', qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan doimo o'zaro taosir va aloqada bo'lganlar, qo'shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, maonaviy hayoti bir-birlari bilan uzviy bog'liq o'tgan. Shu sababli O'zbekiston tarixini qo'shni mamlkatlar tarixi bilan bog'liq holda o'rganish taqozo etiladi. Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil etish va yoritishda holislik-haqqoniy, adolatli yondashuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o'rganayotganda ular bilan bog'liq bo'lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixni o'rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea-hodisalarni o'z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqozo etadi. Voqea - hodisalarni o'rganishda tarixiy bog'lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga eotibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo'lganligini bu hodisa o'z ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.06 KB
Ko'rishlar soni
220 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: docx