O'zbekiston va Jahon hamjamiyati O'zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi XX asrning oxirgi o'n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o'zgarishlar davri bo'lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o'zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan SSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta'sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o'z taraqqiyot ko'lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O'zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olish maqsadida o'zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O'zbekistonning o'z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo'g'rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olish uchun imkon berdi. Xususan, O'zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o'rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo'lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda. O'zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari umumjahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga bu sermashaqqat yo'lda Prezident I. A. Karimovning o'rni beqiyosligini ham aytib o'tmoq lozim. Ma'lumki, sobiq ittifoq davrida O'zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to'g'ridan to'g'ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo'lib, Respublikaning o'rni faqat qog'ozlarda federatsiya subyekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O'zbekiston o'z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko'rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi. Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O'zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o'rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo'lga qo'yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.93 KB
Ko'rishlar soni
719 marta
Ko'chirishlar soni
118 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.93 KB
Ko'rishlar soni
719 marta
Ko'chirishlar soni
118 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: doc