O'zbekiston va MDH davlatlari. O'zbekistonning Markaziy Osiyo Respublikalari bilan o'zaro hamkorligi Mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashda, mintaqa ko'lamida integratsiyani rivojlantirishda sobiq ittifoq tarkibida bo'lib, endi mustaqil taraqqiyot yo'liga kirgan davlatlar o'rtasidagi munosabatlar ham alohida o'rin tutadi. Sobiq ittifoq barham topgach, 1991 yil 8 dekabrda Minsk shahrida Rossiya federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH)ga asos solindi. 21 dekabrda Almatida o'tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat imzolab, MDHga a'zo bo'lib kirdi. Ular bu bitmda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, harbiy harakat va qurol-yarog' tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar. MDH a'zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi: tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish; umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish; iqtisodiy islohot o'tkazish; bojxona siyosatini birga olib borish; transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish; ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta'minlash. uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish. O'tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o'zaro foydali hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik hamdo'stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog'langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo'ldi. Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi - tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo'lganligidan qat'iy nazar hamma vaqt bo'lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo'lib, sun'iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog'da ularning birortasi ham o'z mustaqilligidan voz ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.05 KB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.05 KB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: docx