O'zbekistonda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati. Mustaqillikka erishuv yo'lida O'zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy jarayonning natijasi bo'ldi. O'zbek xalqi qariyib 300 yillik tariximizda qisqa vaqtgina mustaqil yashagan xolos. Ayniqsa, keyingi oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi o'z tarixiy davlatchiligiga ega bo'lgan Turkistonni mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinxona, goh oshkora bo'lsin xalqimiz azal-azaldan o'z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intildi. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o'zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o'zbek xalqining mustaqillik uchun bo'lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o'zbek xalqiga munosib yo'lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 198-yil 23-iyunda O'zbekistonga rahbarlikka keldi. O'zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo'ladigan munosabatlarni o'zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo'lmasligini va buning uchun Respublikaning to'liq mustaqilligini ta'minlash zarurligini tushunib yetdi. Uning tashabbusi bilan O'zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15-avgustda kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo'jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to'g'risida maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g'oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo'lsa ham, I.A.Karimov o'z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o'sha yilning 4 oyida aholi qo'shimcha 90,7 ming gektar yer olishdi. O'ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko'proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga yetolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo'ldi. Tomorqa xo'jaligi maydonining o'sishi, unga bo'lgan e'tiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo'jaligining keskin o'sishiga olib keldi. 1989-200 yillar mobaynida don yetishtirish 2,5 baravar o'sib, don bo'yicha chetga ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.1 KB
Ko'rishlar soni
306 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.1 KB
Ko'rishlar soni
306 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: doc