O'zbekistonda madaniy inqilob va uning oqibatlari

O'zbekistonda madaniy inqilob va uning oqibatlari

O'quvchilarga / Tarix
O'zbekistonda madaniy inqilob va uning oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda madaniy inqilob va uning oqibatlari XX asr 20-30 yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat Respublika ma'naviy-madaniy hayotida ham o'z aksini topdi. Sho'rolarning madaniy inqilob tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san'at, maorif, oliy ta'lim sohalarini ham o'z izmiga solgan edi. Ta'lim-tarbiyaning o'choqlari bo'lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o'zining salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an'anaviy ta'lim tizimini yo'q qilish avj oldirildi. Davlatning proletariat diktaturasining mavjud barcha kuchlaridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda Rossiya imperiyasi o'rnatgan ta'lim tizimini tag-tomiri bilan yo'q qilishga erishdi. Bir vaqtning o'zida an'anaviy maktablarga nisbatan ham ma'muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko'rildi. Biroq, keng xalq ommasi an'anaviy maktab tarafdori bo'lib qolaverdi. Turkiston musulmonlariga o'zining mafkuraviy ta'sirini kengaytirish maqsadida, sovet milliy maktablari tarmog'ini tashkil etishga alohida e'tibor qaratildi. Mustabid davlat muqobil o'quv maskanlari faoliyatining barcha imkoniyatlarini cheklab qo'ydi. 1927 yil iyundagi O'z KR MQ VI plenumi qarorlari boshlab bergan, din asoslarini yemirish bo'yicha yangidan avj olgan harakat eski maktabga yetkazilgan asosiy zarba bo'ldi. Plenumning Musulmon ruhoniylari va maktab to'g'risidagi rezolyutsiyasida: isloh qilingan maktablar zararli ekanligini hisobga olib, bundan buyon vaqf maktablarini isloh qilishga aslo yo'l qo'yilmasin, shu vaqtgacha isloh qilingan maktablarga kelganda esa shu rayonda yangi sovet maktablarini olish, shuningdek isloh qilingan maktablarda diniy fanlarni o'qitishni hamda umuman ruhoniy shaxslar o'qitishini ta'qiqlash yo'li bilan ham ularni yopish uchun butun choralar ko'rilsin, - deb ta'kidlangan edi. Ayniqsa, 1927 yilning dekabrida VKP (b)ning XV syezdida qabul qilingan qishloq xo'jaligini kollektivlashtirish to'g'risidagi qarordan keyin bu maxsus ma'rifiy hayriya mulklari bo'lmish vaqf mulklari tugatilib, buning oqibatida an'anaviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.97 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.97 KB
Ko'rishlar soni 270 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga