Iqtisodiy siyosat. Yer-suv islohotlari. Sanoatlashtirish siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati. Reja: Turkistonda yangi iqtisodiy siyosat. Yer-suv islohotlari. O'zbekistonda sanoatlashtirish va uning oqibatlari. Adabiyotlar: O'zbekistonning yangi tarixi 2-kitob, T.»Sharq 200, 178-194, 326-346 betlar. Usmonov Q, Sodiqov M «O'zbekiston tarixi (1917-1991-yy.). T.»Sharq2011, 79-93 betlar. 1-masala: XX-asrning 20-yillari boshlariga kelganda o'lka hayoti, yerli aholining maishiy turmush tarzi nochor ahvolda edi. Birinchi jahon urushining og'ir asoratlari, yangi sovet tuzumini o'rnatishda bolshevik hukmdorlarning mahalliy aholiga hisbatan qo'llagan zo'rlik, bedodlik siyosati har qadamda ko'zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, son-sanoqsiz ekin maydonlari payhon bo'lib ketgandi. Eng yomoni, o'lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi. Buning ustiga sovet rejimi tomonidan ishlab chiqilib, hayotga zo'rlik va zudlik bilan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan uyg'unlashgan harbiy kommunizm siyosati o'lka xalqlari hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo'ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, tashabbusi, mustaqilligini qat'iyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yana ham murakkablashib borishiga sabab bo'ldi. Vaziyat sovet hokimiyati yo'lboshchilari oldiga ahvolni o'nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo'jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko'ndalang qilib qo'ydi. Nisbatan tinch xo'jalik yuritish pallasiga kirilar ekan, iqtisodiy siyosatning davr talabiga javob beradigan yangi yonalishlarini ishlab chiqish hayotiy zaruriyat bo'lib qolgandi. Bu vazifalar 1921-yil mart oyida bo'lib o'tgan RKP(b) MQ ning X-s'ezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (YaIS)da o'z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo'g'inlari oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig'i bilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, xizmat ko'rsatish mayda hunarmandchilik ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.47 KB
Ko'rishlar soni
376 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.47 KB
Ko'rishlar soni
376 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: docx