O'zbekistonda siyosiy islohotlar, Milliy davlatchilik asoslarining shakllanishi

O'zbekistonda siyosiy islohotlar, Milliy davlatchilik asoslarining shakllanishi

O'quvchilarga / Tarix
O'zbekistonda siyosiy islohotlar, Milliy davlatchilik asoslarining shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlatchilik asoslarining shakllanishi. Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki davridanoq mamlakatimizni har jihatdan taraqqiy ettiruvchi yo'lini ishlab chiqdi. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirinigina emas, balki kelajak avlodarning taqdirini ham o'ylab tuzilgan bo'lib, o'sha davrda hukmron bo'lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini ta'minlashni ko'zda tutar edi. Bu haqiqatan ham Prezident nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o'zbek modeli edi. Taraqqiyotning bu modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi: 1.Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o'ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi. 2.Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o'zgarishlarning tashabbuskori. 3.Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo'ysunishi. 4.Bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5.Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o'tish, ya'ni islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. Bu yo'l, haqiqatan ham, Prezident nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning «o'zbek modeli» edi va u mavjud bo'lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o'z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot yo'nalishi bo'lib, u quyidagilarga: - bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan jamiyatni barpo etishga; - SSR parchalangandan keyingi O'zbekiston iqtisodiyotining haqiqiy holatiga, mavjud shart-sharoit va imkoniyatlarga; - xalqning mentaliteti va tarixiy an'analariga, islohotlarni amalga oshirishning u yoki bu sur'atlariga aholining tayyorlik darajasiga asoslanadi. Bu tamoyillar asosida mamlakatimizda islohotlar amalga oshirilib borildi. Ular xalqimiz tomonidan to'la quvvatlandi, yangi jamiyat qurish sari tashlangan birinchi qadamlar yo'lida eng to'g'ri yo'l ekanligini ko'rsatdi. Istiqlolimizning muhim vazifalaridan biri- muqaddas belgilar-davlat ramzlarini qabul qilishdan iborat edi. Shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.83 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.83 KB
Ko'rishlar soni 179 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga