20-30 yillarda sovet hokimiyatining O'zbekistonda yuritgan iqtisodiy va madaniy siyosati, uning mustamlakachilik mohiyati. Siyosiy qatag'onlik. O'zbekistonda sovet hokimiyatining iqtisodiy va ijtimoiy siyosati mohiyati 20-yillar tariximizga o'ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda Markazning imperiyacha munosabatlar mustahkamlanayotgan, o'lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga aylangan sanoat, transport, qishloq xo'jaligini tiklash, ya'ni sho'rolarning tinch sotsialistik qurilish yo'liga o'tish davri bo'lib kiradi. Ushbu davrdagi eng dolzarb masalalardan biri bu- hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa hokimiyat masalasini birinchi navbatda xalqning o'z taqdirini o'zi belgilashda ko'rishar edi. Sanoat va qishloq xo'jaligining inqirozi, ochlik, inqilobcha zo'ravonlikning kuchayishi mahalliy xalq milliy manfaatlarining ochiqdan-ochiq inkor etilishi Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar orasida sovet hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni keltirib chiqarmoqda edi. Aholining aksariyati sovet hokimiyatini qizil armiyachilarning quroli yordamida zo'rlik bilan olib kirilgan hokimiyat sifatida tan olmas, ular tashkil etayotgan sovetlar va ularning ijroiya qo'mitalari tub aholi orasida obro'ga ega emasligi sovet tuzilmalariga qarshi chiqishlarni keltirib chiqarmoqda edi. Kommunistik partiya o'zining siyosiy pozisiyalari hamda sovet davlat tuzumini mustahkamlash bilan birga sovetlarning ijroiya qo'mitalarini qaytadan tiklash ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda o'lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni kengaytirish, xalq hokimiyatini tiklash shiorlari ostida o'tdi. Ammo, tarix ko'rsatib turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda bo'lib, jamiyat va davlat boshqaruvida keng xalq ommasining ishtirokini ko'rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda bunday emas edi. Ko'p joylarda mahalliy aholi saylash huquqidan mahrum edi. Masalan, BXSRda sud qurilishi haqida nizomning xalq maslahatchilarini saylash tartibi haqidagi 3-bob 20-moddasida ko'rsatilishicha, taqsimot taxminan maslahatchilarning 25% ishchilardan, 50% qishloqlar va kentlardan, ya'ni dehqonlar va ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.3 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.3 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: doc