O'zbekistonda yer-suv islohoti va dehqon xo'jaliklarini jamoalashtirish, uning oqibatlari

O'zbekistonda yer-suv islohoti va dehqon xo'jaliklarini jamoalashtirish, uning oqibatlari

O'quvchilarga / Tarix
O'zbekistonda yer-suv islohoti va dehqon xo'jaliklarini jamoalashtirish, uning oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda yer-suv islohoti va dehqon xo'jaliklarini jamoalashtirish, uning oqibatlari Azaldan sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati maskani hisoblangan hamda aholisining mutlaq ko'pchiligi qishloq xo'jaligida band bo'lgan Turkiston xalqlari uchun yer-suv, undan foydalanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki, o'lka aholisining anchagina qismi yersiz edi. Bir parcha yerga muhtoj bo'lganlar boylar, zamindorlarning mulkida chorakorlik bilan hayot kechirib, oila tebratib kelardi. Buning ustiga ko'plab serhosil, unumdor yerlar Rossiyadan ko'chirib kelinganlar rus oilalari foydasiga majburan olib berilgan edi. Chorizmning Turkistondagi bu mustamlakachilik siyosati yersiz, batrak dehqonlarning ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Shu bois ham, mahalliy yerli aholi yangi sovet hokimiyatining Yer dehqonlarga degan va'dalari, da'vatlariga umid bog'lab, uning yer to'g'risidagi dastlabki dekretining amalga oshuviga ko'z tikib kelayotgandi. Sovet hukumati ko'p sonli dehqon aholisini o'z tomoniga qaratib olishni ko'zlab yer to'g'risidagi dekretni qabul qilgan bo'lsa-da, ammo uni amalga oshirishdan kuzatgan maqsadlari boshqacha edi. Sovetlarning yer-suv islohoti masalasida tutgan siyosatining pirovard maqsadi xususiy yer-mulklarni musodara qilish, milliylashtirish orqali ularni tugatib, jamoalar ixtiyoriga bera borib, asta-sekinlik bilan yirik sotsialistik xo'jaliklarni qaror toptirish edi. Turkistonda shu maqsadfarni ko'zlab yer-suv islohoti o'tkazishga kirishildi. Yer-suv islohoti: Turkiston sovetlarining XI syezdida (1920) o'lkada yer-suv islohoti masalasi ко'rib chiqildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga ko'ra aholi qo'lidagi katta yerlarni musodara qilish, yevropalik kelgindi aholi bilan yerli xalqlar o'rtasida yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlik munosabatlariga barham berish, mehnatkash aholini Sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Shu maqsadda joylarda qishloq va ovullar mahalliy aholisining yersiz, kambag'al qismini birlashtiruvchi Qo'shchi uyushmalari tuzila boshlandi. Qo'shchi uyushmalari kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylanib, yer-suv islohotini o'tkazishda partiyaga katta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.77 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.77 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga