O'zbekistondagi industrlashtirish siyosati va uning mustamlakachilik mohiyati. O'zbekistonning 30-yillardagi butun kuch imkoniyatlari hukmron partiyaning «sotsialistik qurilish», deb atalgan bosh jarayonini amalga oshirishga qaratilgan edi. Respublika komfirqasi butun ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy va madaniy hayot sohalariga rahbarlik qilar edi. 1929 yildagi firqani tozalash jarayonida a'zolarning 15,6% uning saflaridan chiqarildi. Yuqoridan berilgan ko'rsatma asosida sho'rolarning ahamiyati qisqartirilib, jamoat tashkilotlari qayta tuzildi. Ularning a'zolari soni majburiy tarzda soni ko'paytirildi. 1940 yilda 600 mingdan ko'p kasaba uyushmasi, 400 ming nafarga yaqin komsomol a'zolari bor edi. Bu davrda faoliyat ko'rsatgan ommaviy ko'ngilli jamiyatlar: MOPR (ishchilarga yordam beruvchi xaqaro jamiyati), qizil yarim oy jamiyatlari ham qayta tuzildi. Hukmron firqa rahbarligida hamma narsa besh yillik rejalarni bajarish ishiga safarbar etildi. (1928G'29-1932G'33 xo'jalik yillari - 1 besh yillik, 1933-1937yy - 2 besh yillik, 1938-1941yy - 3 besh yillik). Bu besh yilliklar hukmron firqaning buyruqbozlik usuli va zo'raki tashabbuskorlik yo'li bilan amalga oshirila boshladi. Ma'muriy buyruqbozlik tizimi va firqaning yakka hokimligi ta'siri ostida sodir bo'lgan o'zgarishlarga qonuniylik tusini berish, sotsialistik qurilish amaliyotini, uning muvaffaqiyatini maqtab, ko'klarga ko'tarish uchun stalincha rahbariyat shu o'zgarishlarni mamlakatning asosiy qonunida mustahkamlab qo'yadigan konstitutsiya qabul qilishni zarur deb topdi va 1936 yilning noyabrida sobiq Ittifoq sho'rolarining VII syezdida yangi konstitutsiya qabul qilindi. Uning asosida 1937 yil fevralida Respublika sho'rolarining favqulodda VI qurultoyida O'zbekiston konstitutsiyasi ham qabul qilinadi. Bu konstitutsiyada ham O'zbekiston barcha Respublikalar qatori teng huquqli deb rasman e'lon qilingan bo'lsa-da, biroq u hamma narsaga qodir markazga tobeligicha, qaramligicha qolaverdi. Mazkur konstitutsiyaga muvofiq, 1938 yil 25 iyunda Respublika Oliy Kengashiga saylovlar o'tkazildi. Uning 1 sessiyasi O'zSSR Oliy ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.11 KB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.11 KB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: docx