O'zbekistondagi qishloq xo'jaligini jamoalashtirish siyosati va uning og'ir oqibatlari. 20-yillar oxirlariga kelib qishloqlarda bozor munosabatlari muhiti tobora ko'proq barxam topa boshlagan edi. Sho'ro davlati 1929 yilning kuzidan boshlab kooperatsiyani rivojlantirish siyosatini har tomonlama jamoalashtirish siyosati bilan almashtirdi. Ayni paytda mahalliy sharoitda mutlaqo hisobga olinmadi. Buning ustiga mahalliy matbuot ham «kollektivlashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud», degan xato fikrlarni yoritib bordi. 1930 yilning yanvarida sobiq xukmron firqa markazqo'mining jamoatlashtirish uchun quloqlarni sinf sifatida tugatish to'g'risidagi qarori e'lon qilindi. Unga asosan O'zbekiston komfirqa markazqo'mining ham jamoalashtirish va quloq xo'jaliklarini tugatish to'g'risida gi qarori qabul qilindi (1930 yil 17 fevral) Qaroriga asosan Respublikada yalpi jamolashtiriladigan 17 ta rayon belgilab berildi. Lekin bu joylarda jamoalashtirish uchun sharoit yo'q edi. Ayrim rayonlarda buyruqbozlik, qo'rqitish usuli bilan bir necha hafta amalga oshirildi. Jamoa xo'jaliklariga kirmaganlarga suv berish taqiqlandi, ularga qo'shimcha soliqlar solindi, surgun qilindi. Jamoalashtirish quloq xo'jaliklarini tugatishga qaratilgan edi. Ammo shu bahonada ko'pgina o'rta hol va kambag'al dehqonlarning xo'jaliklari ham tugatildi. 1930 yilda O'zbekistonda tugatilgan 2648 xo'jaliklarining aksariyati o'rta hol va kambag'al dehqonlar xo'jaliklari edi. Jamoalashtirishdagi bunday qo'pol xatolar dehqonlarning ommaviy noroziligiga sabab bo'ldi. 1930 yil 25 fevralida Farg'ona, Andijon, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Samarqand o'lkalarining ko'pgina joylarida ommaviy noroziliklar boshlandi. Ayrim joylarda ular sho'ro hukumatiga qarshi siyosiy chiqishlarga aylandi. Aksariyat dehqonlar esa jamoa xo'jaliklaridan chiqa boshladilar. 1930 yilning martida jamolashtirish foizi 47% tashkil etgan bo'lsa, 1930 yilning mayida bu ko'rsatkich 29 % tushib qoldi. 1930 yilning kuzidan boshlab yana jamoalashtirish tazyiqi boshlandi. 1931 yilning yoziga kelib 56.7% dehqon xo'jaliklari birlashtirildi. 1930-1933 yillar maboynida dehqon xo'jaliklarining soni ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.48 KB
Ko'rishlar soni
571 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
15.48 KB
Ko'rishlar soni
571 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: docx