O'zbekistonning g'alabaga qo'shgan hissasi

O'zbekistonning g'alabaga qo'shgan hissasi

O'quvchilarga / Tarix
O'zbekistonning g'alabaga qo'shgan hissasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning g'alabaga qo'shgan hissasi LOYIHA TOPSHIRIG'I 1941 yil 22 iyun kuni gitlerchilar Germaniyasining SSRga to'satdan qilgan hujumi o'zbek xalqining ham tinchini buzib, qalbini nafratga to'ldirdi. O'tkazilgan miting va yig'ilishlarda ariza bergan ko'ngillilar soni dastlabki oylardayoq 32 mingdan ko'proqni tashkil etdi. Front orqasini mustahkamlash, xalq xo'jaligini qayta qurib, harbiy izga tushirish mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirishga doir umumiy dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo'ldi. Bu dasturni amalga oshirishda O'zbekiston qizil Armiyaning front orqasidagi mustahkam bazasiga aylandi. O'zbekiston g'arbdan keltirilgan 100 tadan ortiq korxonalarni qabul qilib oldi va bu zavodlar xalqimizning fidokorona mehnati bilan qisqa vaqt ichida mahsulot bera boshladi. «Rostselmash», «Krasniy Aksay», «Moskva», «Podemnik» va «Elektrostanok» zavodlari shular jumlasidandir. «Tashselmash» zavodi, Chirchiq elektrokimyo zavodi va boshqa Respublika sanoati korxonalari ham front ehtiyoji uchun ishlay boshladi. O'rta Osiyo va Qozog'iston Respublikalari aholisi va moddiy resurslarini safarbar qilish va jangovar tayyor holga keltirishda O'rta Osiyo harbiy okrugi muhim rol o'ynadi. Bir yarim yil ichida bu okrug 109 qo'shilma tuzdi. O'zbekiston mehnatkashlari milliy harbiy qo'shilma tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941 yil noyabridan 1942 yil martigacha O'zbekistonda 14 ta milliy brigada, jumladan, 9 ta alohida o'qchi brigada, 5 ta otliq diviziya tuzildi. Urush yillarida bir million to'rt yuz ming O'zbekistonliklar frontlarda jang qildilar. Ulardan to'rt yuz ellik ming kishi qaytib kelmagan. Urushning dastlabki kunlarida Respublika mudofaa fondiga 30 mln. so'm miqdorida pul to'plandi. Qisqa vaqt ichida O'zbekiston xalq xo'jaligi harbiy izga o'tkazildi. Butun xalq, jamiiyki moddiy resurslar vatan himoyasiga sarf qilindi. Sobir Rahimov, Mamadali Topiboldiyev, R.Abzalov, O.Rahimov, Xalloq Aminov, Qo'chqor Turdiyev, Nazar Rajabov kabi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.06 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.06 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga