O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti

O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti

O'quvchilarga / Tarix
O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti - rasmi

Material tavsifi

O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti Кadrlar desanti» O'zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo'lini katta umid bilan kutib oidilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo'Idi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o'z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo'lmagan, siyosiy irodasi bo'sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog'liq edi. Ularning ojizligi natijasida Respublika partiya va davlal rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan ko'plab kadrlar yuborildi. «Kadrlar to'dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O'zbekistonni o'z bilganlaricha boshqara boshladilar. O'zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Soveti amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda o'tirgan mahalliy kadrlar ularning qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoldi. O'zbekiston Kompartiyasi Markaz qo'mida Moskva vakillari -Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O'sha yillarda tez-tez bo'lib turadigan plenumlar va yig'ilishlarda qilingan barcha ma'ruzalarni Ponomaryov va O'zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar desanti»ning boshliqlari - Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari tahrir qilardilar. O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi 1. Usmonxo'jayev esa minbarga chiqib tayyor narsalarni o'qir edi. Minbardan bilib-bilmay aytilgan gaplar qanchadan-qancha kommunistlar va rahbarlarning sha'ni, qadr-qiymatini oyoq osti qilardi, hayotini buzardi. O'zKP Markaziy Qo'mitasida «pinxona kabinet» tashkil topdi. Ushbu «kabinet» kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo'H bilan xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi bo'lmagan avanturistik qarorlarni tiqishtirish biian shug'ullandi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan «pinxona kabinet» va «kadrlar desanti»ning tashkilotchisi KPSS MQning kotibi E.K.Ligachyov edi. Qo'g'irchoqqa aylantirilgan mahalliy rahbarlar «kadrlar to'dasi» tomonidan tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Ularning sovet hokimiyatining ko'zbo'yamachilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldidagi ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi. Paxta ishi. O'zbekistonda «o'zbeklar ishi», «paxta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.47 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.47 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga