O'zbekistonning MDH dagi o'rni va mavqeyining oshib borishi

O'zbekistonning MDH dagi o'rni va mavqeyining oshib borishi

O'quvchilarga / Tarix
O'zbekistonning MDH dagi o'rni va mavqeyining oshib borishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning MDHdagi o'rni va mavqeyining oshib borishi 1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya davlatlari imzo chekdilar. 13-dekabrda Ashxobodda o'tgan O'rta Osiyo va Qozog'iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo'stlikni kengaytirish zarur deb topdi. Natijada shu yili 21 dekabrda Almatida o'tgan uchrashuvda MDH bitimini ja'mi 11 davlat MDHga a'zo bo'lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqorolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va havfsizlikni ta'minlash, harbiy harakat va qurol-yarog' tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar. MDH a'zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi: -tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi chegarani muhofaza qilish, -umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumyevropa, Yevroosiyo bozorini shakllantirish; -iqtisodiy islohot o'tkazish; -bojxona siyosatini birga olib boorish; -tarnsport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish; -ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta'minlash; -uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo'stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi. O'zbekiston ham davlatlararo bank va boshqa hamdo'stlik iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida faol ishtirok etdi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko'p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, -degan edi I.A.Karimov,-tashqi siyosatimizning ustivor yo'nalishlaridan biridir. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o'z asarlarida MDH doirasidagi hamkorlikka katta e'tibor berib, O'zbekistonning MDH doirasidagi ishtirokini quyidagi holatlarda belgilab bergan edi. -Yangi mustaqil davlatlarning ko'p yillar mobaynida tarkib topgan munosabatlari chuqurlashishi xalqaro maydonda vaziyatni chigallashtirishga olib kelishi mumkinligi; -Respublika iqtisodiyoti yagona transport va energetika tizimiga ega bo'lgan sobiq umumittifoq iqtisodiy makoni doirasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.2 KB
Ko'rishlar soni 1226 marta
Ko'chirishlar soni 311 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.2 KB
Ko'rishlar soni 1226 marta
Ko'chirishlar soni 311 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga