O'zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari MDHning tashkil topishi. 1991- yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan Respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Yelsin, L.Kravchuk S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo'ldi. O'sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo'stligi (MDH)ni tuzish to'g'risida Shartnoma imzoladilar. Shart-nomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi bo'ladi, fan, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSRning mavjudligi va SSR Konstitutsiyasi to'xtatiladi, deb e'lon qilindi. Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922- yil 30-dekabrdagi SSRni tuzish to'g'risidagi shartnomani bekor etdilar. Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkma-niston Prezidentlari MDHga uni ta'sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar. 1991- yil 21-dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog'iston (N.Nazarboyev), O'zbekiston (I.Karimov), Qirg'iziston (A.Akayev), Tojikiston (R.Nabiyev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo'ldi. O'sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, «Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar» maqomida MDH muassisi bo'ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi: hamdo'stlik qatnashchilarining o'zaro aloqalari ular o'rtasidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muas-sasalar orqali amalga oshiriladi; MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas; xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta'minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo'mondonligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi; MDH ochiqdir, uning barcha a'zolari roziligi bilan sobiq SSR ning a'zolari va boshqa davlatlar ham ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.45 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.45 KB
Ko'rishlar soni
184 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: docx