O'zbekistonda huquqiy - demokratik davlat va fuqarolik jamiyat asoslarining barpo etilishi O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li. Siyosiy islohotlar O'zbek xalqining ko'p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo'lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta'minlaydigan huquqiy-demokratik davlat qurish edi. Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo'ldi. O'tgan yillar ko'hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon jarayonida o'z o'rnimizni egallash davri bo'ldi. Bu davrda biz o'zligimizni anglab, tarixiy yo'limizni uzil-kesil tanlab oldik. Mustaqil O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an'analarga, dunyo tajribalariga, o'lkaning o'ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo'llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa: 1.Eski ma'muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish; 2.Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir. Jamiyatda qonuniylikning g'alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo'linish prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo'linishi tamoyili konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo'llarini ko'rsatib berar ekan, Prezident I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog'liqligini uqtiradi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V-bo'lim XVII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risidagi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko'ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o'zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur o'zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi. 1993-yilni 28-dekabrida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Oliy ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.01 KB
Ko'rishlar soni
797 marta
Ko'chirishlar soni
152 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.01 KB
Ko'rishlar soni
797 marta
Ko'chirishlar soni
152 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: doc