O'zbekistonning tinchliksevar mustaqil tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi Tarixga buyuk o'zgarishlar davri bo'lib kirgan XX asrning so'nggi o'n yilligida yer yuzidagi kuchlar nisbati tubdan o'zgarib, dunyodagi qarama-qarshi bo'lgan ikki tuzum (SSR boshchiligidagi sotsialistik va AQSH boshchiligidagi kapitalistik tuzum) barham topdi. Yer yuzidagi bunday keskin o'zgarishlar har bir mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlagan davlatlar uchun jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egallashga harakat qilish imkoniyatini yaratdi. Tashqi bu imkoniyat va yurtimizning o'z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jug'rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi O'zbekistonning mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan o'zining munosib o'rnini topishiga keng yo'l ochib berdi. Bu borada O'zbekistonning qadimdan dunyo xalqlari bilan aloqalari, Buyuk Ipak yo'lining asosiy yo'nalishlari yurtimiz orqali o'tganligi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi qadimiy savdo va madaniy aloqalarda yurtimizning hissasi yirik bo'lganligi qo'l kelgan bo'lsa, qisqa fursatda tashqi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarimizning kengayishida, O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Prezident I.A.Karimovning o'rni va roli beqiyosligini alohida ta'kidlab o'tmoq lozim. Mustabid tuzum hukmronligi davrida sobiq ittifoqning boshqa Respublikalari qatori O'zbekiston ham zohiran xorijiy davlatlar bilan mustaqil munosabatlar o'rnatish, jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega suveren Respublika hisoblanardi. Ammo haqiqatda hammasi aksincha bo'lib suveren Respublikalarning Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan xalqaro huquqlari shunchaki quruq gap - targ'ibotchilik xususiyatiga ega edi, xolos. Bunday holat O'zbekiston hayotiga haloqatli ta'sir ko'rsatayotgan edi. O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri xalqaro maydonga chiqish huquqidan mahrum, nafaqat tashqi siyosiy, balki tashqi iqtisodiy davlat muassasalariga ham ega emas edi. Unda mustaqil ravishda tashqi aloqalarni o'rnatish huquqi mutlaqo bo'lmagan. xalqaro munosabatlar faqat markazning ruxsati va qattiq nazorati ostida amalga oshirilardi. Natijada Respublikaning tashqi aloqalari ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.74 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.74 KB
Ko'rishlar soni
247 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: docx