O'zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining o'rnatilishi va rivojlanishi Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan Yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash, ta'lim, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib, ularni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda. xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo'lgan maqsadlarga erishish yo'lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo'ladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o'rtasidagi ko'p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bo'lib qolmoqda. xalqaro tashkilotlarni tashkil etish borasidagi harakatlar nisbatan qadimiy davrlardan ma'lum bo'lsa-da, zamonaviy tushunchamizdagi hozirgi xalqaro tashkilotlar asosan XIX asrning 2-yarmidan e'tiboran tashkil topa boshlagan. xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo'linadi. Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me'yorlarini yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar - xalqaro huquqning asosiy subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o'z o'rnida turli tashkilot va harakatlarga bo'linishi mumkin (masalan, Qo'shilmaslik harakati yoki 77 lar guruhi). Birlashgan Millatlar tashkiloti faoliyatida qo'llanadigan atamalarda davlatlararo tashkilotlar xalqaro hukumatlararo tashkilotlar deb yuritiladi. xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning davlatlararo tashkilotlardan farqi shundan iboratki, ular doimiy qarorgohiga, xalqaro fuqaroviy xizmatiga, o'z byudjetiga ega bo'lib, unga a'zo davlatlar xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar o'z vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar tuzishi, turli majburiyatlarni o'z zimmasiga olishi mumkin. Hozirgi kunda dunyoda har xil ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
60.79 KB
Ko'rishlar soni
513 marta
Ko'chirishlar soni
165 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
60.79 KB
Ko'rishlar soni
513 marta
Ko'chirishlar soni
165 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:00 ]
Arxiv ichida: docx