Qadimgi Baqtriya

Qadimgi Baqtriya

O'quvchilarga / Tarix
Qadimgi Baqtriya - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Baqtriya madaniyati Surxondaryo viloyatida Qadimgi Baqtriya madaniyatining 36 ta yodgorligi aniqlangan. Bular qurilish uslubi, maydoni va vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: Shaharlar; Arkli qishloqlar; Arksiz qishloqlar; Harbiy istehkom-qalalar; Ibodatxonalar; Qo'rg'onlar. Bu yodgorliklar uchta dehqonchilik vohasida joylashgan. Sherobod dehqonchilik vohasi O'lanbuloqsoy va Sheroboddaryo havzalarini o'z tarkibiga olgan. Bu yerda Kuchuktepa, Pishaktepa, Tallashqon va Jondavlattepa kabi yodgorliklar joylashgan. O'lkaning markaziy shahri Jondavlattepa hisoblangan. Boysun dehqonchilik vohasi Bandixon, Mirshodi, Sangardak, To'palang daryolari havzalarini o'z ichiga olgan. Vohaning markaziy shahri Qiziltepa bilan bir qatorda Bandixontepa, G'ozimulla kabi yodgorliklar mavjud. Surxon dehqonchilik vohasi Surxondaryoning o'rta va quyi oqimlari atrofidagi hududlarni o'z tarkibiga olgan. Bu o'lkaning markazi Hayitobodtepa hisoblangan. Har bir dehqonchilik o'lkasi o'zining bosh shahriga, 5-12 ta qishloq va qo'rg'onlariga, harbiy istehkom va diniy markazi-ibodatxonaga ega bo'lgan. Bu kichik hududiy davlatlarning shakllanish jarayonini ko'rsatuvchi arxeologik dalildir. Hududiy davlatlarning konfederativ birlashtirilishi tufayli Markaziy Osiyodagi eng qadimgi va yirik davlatlardan biri hisoblangan Baqtriya podsholigi shakllangan. Baqtriya yoki Baqtriana yunoncha, forsiyda Baqtrish. Otashparastlarning muqaddas kitobi Avesta da Baxdi nomi ostida tilga olingan. Bu podsholik tarkibiga hozirgi Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg'oniston yerlari kirgan. Qadimgi Baqtriya podshohligi miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ahamoniylar saltanati tarkibida bo'lgan. Arxeologik manbalarga ko'ra, Ahamoniylar baqtriyaliklar madaniyatiga va madaniy rivojlanishga aytarli tas . Bu madaniyat ilmiy adabiyotlarda ilk bor o'rganilgan yodgorlikka nisbatan atalib, Kuchuktepa madaniyati deb nomlangan. Kuchuktepa madaniyatiga Kuchuktepa (Muzrabot vohasi) G'ozimulla, Bandixontepa (Bandixon-vohasi), Qiziltepa, Mirshodi (Sho'rchi tumani) kabi yodgorliklar kiradi. Bu madaniyat Sopolli madaniyatidan quyidagi asosiy xususiyatlari bilan ajralib turgan. Bu davr yodgorliklari hududi kichik bo'lib, umumiy maydoni 3 gektardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.01 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:00 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.01 KB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga