Qadimgi Eron

Qadimgi Eron

O'quvchilarga / Tarix
Qadimgi Eron - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Eron Reja 1. Eron iqlimi va aholisi 2. Qadimgi Elam va Midiya podsholigi . 3. Ahmoniylar davlati 4. Qadimgi Eron madaniyati 1. Eron iqlimi va aholisi Eron bepoyon tog'li va ko'p cho'llardan iborat kontinental iqlimli mamlakat. Dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tog' oldi hududlari juda ko'p. Shimolda Elburs tog' tizimi va unga Turkman, Xuroson tog'lari qo'shiladi. G'arbdan va janubdan Zagros va janubiy Eron tog'lari o'rab turadi. Janubiy g'arbiy Eronda (Xuziston) Korun va Kerxa daryolari vodiysida yuqori hosil beradigan yerlar mavjud. Qadimgi g'arbiy Eronda elam, lulubey, qutiy (gutiy) va kassit hind-Yevropatillarida so'zlashadigan qabilalar yashagan. Eron so'zi «ariana» - oriylar mamlakati degan ma'noni bildiradi. yer.avv. II ming yillikda oriy qabilalari Eron, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kavkaz ortiga tarqalgan. Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari yer.avv. II-I ming yilliklardagi janubiy-g'arbiy Eron hududi bo'lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag'ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir. Qadimgi fors davlati tarixi bo'yicha manbalar xilma-xil: bu xo'jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972 yilda fransuz arxeologlari Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserks yozuvlari nusxalari topilgan. Persepolda yer.avv. II ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan. Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi harakati to'g'risida yer.avv. IX-VII asrlarga oid Osuriya yezuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.35 KB
Ko'rishlar soni 283 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.35 KB
Ko'rishlar soni 283 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga