Qadimgi Misr

Qadimgi Misr

O'quvchilarga / Tarix
Qadimgi Misr - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Misr Reja 1. Qadimgi Misrda sinfiy jamiyat va davlatni paydo bo'lishi 2. Qadimgi podsholik (yer. avv. XXIX asrning oxiri-yer. avv. XVII asr). O'rta podsholik (2020-yil-yer. avv. XVII asr boshlari) 3. Yangi podsholik davrida buyuk Misr davlati (yer. avv. XVI-XII asrlar) 4. So'nggi podsholik davrida Misr 5. Misr madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari 1. Qadimgi Misrda sinfiy jamiyat va davlatni paydo bo'lishi Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab keng Nil deltasini hosil qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi 1 kmdan 20 km.gacha) aytiladi. Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan. («Yegipet» nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha «Xetkau-Ptax» yoki xikupta «xudo Ptaxning ruhi kal'asi» ma'nosini bildiradigan so'zdan kelib chiqqan.) Misrliklar o'z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli yeriga qarab Kemet-«qora yer» deb ataganlar. Misr Afrika qit'asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo'yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog'langan. Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O'rtayer dengiziga tutashgan. Gerodot Misr-Nilning sovg'asi-deb ta'riflaydi. Chunki Nil daryosi Misr iqtisodiy hayotida yetakchi o'rin tutgan. Nilda har yili 19 iyunda toshqin ko'tarilgan. Bu toshqin sentabr o'rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o'z o'zaniga tushgan. Ekilgan yer aprel-mayda hosil keltirgan. Nil daryosi Misr iqtisodiyotining asosi dehqonchilikda muhim o'rin tutgan. Mo'l-ko'l hosil sun'iy sug'orish asosida olingan. Misrliklar dehqonchilik ishlariga ko'ra yilni 3-mavsumga bo'lganlar: to'la suv mavsumi-Nil toshqini (iyul o'rtalari), «ekin, unish mavsumi» ekishdan hosil yig'ishgacha bo'lgan qishloq xo'jalik ishlarini to'liq sikli (noyabr va may o'rtalari), «quruq mavsum»-yerni dam olish vaqti va shafqatsiz jazirama (may o'rtalaridan iyul o'rtalarigacha) davri. Suv omborlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.62 KB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.62 KB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga