Qadimgi Sharqiy o'rtayer dengizi davlatlari

Qadimgi Sharqiy o'rtayer dengizi davlatlari

O'quvchilarga / Tarix
Qadimgi Sharqiy o'rtayer dengizi davlatlari - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Sharqiy o'rtayer dengizi davlatlari Reja 1. yer. avv. II-II ming yilliklardagi davlat uyushmalari 2. Yamxad davlati va Giksoslar birlashmasi 3. Finikiya 4. Damashq podsholigi 5. Isroil-Yahudiya davlatlari 6. Sharqiy O'rtayer dengizi madaniyati 1. yer. avv. II-II ming yilliklardagi davlat uyushmalari yer. avv II - II ming yilliklardagi davlat uyushmalari Tavr tog'laridan va Frot daryosining o'rta oqimining Misrgacha bo'lgan Sharqiy o'rtayer dengizi qirg'ogi hududi va Suriyani qadimda yunonlar Finikiya va Falastin deb nomladilar. Qadimda bu hududning katta qismini Xanaan deb atalgan dengiz qirg'ogi tashkil etardi. Bu yerda katta suv arteriyalari bo'lmay, mahalliy hajmda uncha katta bo'lmagan Falastindagi iordan, Suriyadagi Oront daryolari mavjud edi. Suv havzalarining taqchilligi dehqonchilikning rivojiga imkon tug'dirmagan. Livan tog'lari Sharqiy o'rtayer dengizini bir qancha tumanlarga bo'lib, bir-biridan ajratgan edi. Cho'l va sahro hududlarida ko'chmanchi qabilalar joylashdi. Shu bilan birga Sharqiy o'rtayer dengizi qirg'ogi temir rudasi, keng o'rmonlar jumladan, mashhur Livan kedriga boy bo'lgan. Qadimda Sharqiy o'rtayer dengizi qirg'ogida yashagan qabilalar va xalqlar to'g'risida qo'shni davlatlar manbalari (Misrning Tell-Amarna arxivi, Xett hujjatlari, Osuriya ma'muriy yozishmalari)'va mahalliy yahudiy dini yodgorligi bo'lgan Bibliya (yunon tilida «kitoblar» ma'nosini bildiradi) ma'lumot beradi.Yahudiy bibliyasi xristian bibliyasini bir qismi bilan to'liq mos keladi va Vetxiy Zavet deb ataladi. Yangi Zavet Iso payg'ambar hayoti va uning o'quvchilari faoliyati to'g'risidagi xristian kitoblaridan iborat. Vetxiy Zavet yangi asr boshlarida rasmiylashdi. U an'anaviy 3 bo'lim qonun yoki ta'limot (Tora), payg'ambarlar va pisaniya (Yozuv) dan iborat. yer. avv. IV ming yillik oxirida Sharqiy o'rtayer dengizi qirg'ogi jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlanadi. Dastlab shimol keyin janubda kulolchilik charxi va sopol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.46 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 50 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.46 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 50 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga