Qadimgi Xitoy

Qadimgi Xitoy

O'quvchilarga / Tarix
Qadimgi Xitoy - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Xitoy Reja 1. Mamlakat va aholi 2. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ilk davlatlarning shakllanishi 3. yer. avv. VII-II asrlarda Xitoy 4. Tsin, Xan davlatlari (eramizdan avvalgi II asr-eramizning II asri) 5. Qadimgi Xitoy madaniyati 1. Mamlakat va aholi Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi eramizdan avvalgi V-II ming yilliklarda Xuanxe daryosining o'rta oqimida uzoq vaqt yopiq holda shakllanadi. yer. avv. I ming yillik o'rtalaridan boshlab Yanszi daryosi havzasini ham qamrab oladi. Xuanxe daryosi havzasi qadimda qalin o'rmonlar bilan qoplangan. Eramizdan avalgi IV-II ming yilliklarda Xuanxening o'rta oqimlarida karkidon, tapir, bambuq kalamushlari yashagan, bambuk daraxti o'sgan. Vodiyning yumshoq allyuvial tuprog'i dehqonchilik uchun qulay shart-sharoit yaratadi. yer. avv. IV-II ming yilliklarda Xuanxe havzasida Yanshao madaniyatini bu yerda yashagan poliosiyo aholisini siqib chiqargan protosinotibetliklar yaratadilar. yer. avv. I ming yillikda Xuanxening o'rta oqimida inlar va chjoularning o'zaro ta'siri natijasida qadimgi Xitoy etnosi vujudga keladi. Bu etnosning shakllanishida shimolda poliosiyo va avstroosiyo janubiy Osiyo tillarida so'zlashuvchi etnoslar ishtirok etadilar. An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo'yicha davrlashtirish xarakterlidir. Shunga ko'ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so'ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo'yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o'z ichiga olgan ikki qism G'arbiy Chjou (yer.avv XI-VII asrlar) va Sharqiy Chjou ( yer.avv VII-II asrlar) ga bo'linadi. Sin sulolasi (yer.avv. II asr) o'rniga hukmronlik vaqti g'arbiy va sharqiy davrlarga bo'linadigan Xan sulolasi keladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga javob bermaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo'yicha jamiyat taraqqiyotini bosqichlarga bo'ladigan arxeologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Demak, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.06 KB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.06 KB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga