Qadimgi Yunoniston Xudolari

Qadimgi Yunoniston Xudolari

O'quvchilarga / Tarix
Qadimgi Yunoniston Xudolari - rasmi

Material tavsifi

Qadimgi Yunoniston Qadimgi Yunon madaniyati yer.avv. XVII asrdan yer.avv. II asrgacha davom etdi. Yunonlar o'zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. qadimgi Yunon madaniyatining eng yuqori darajaga ko'tarilgan davri yer.avv. V-IV asrlarga to'g'ri keladi. qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o'zini namoyon etdi.Yunonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat hisoblanib, uning uchun hatto o'limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida afsona bunga misoldir.Insonni tarbiyalash uchun ikki yo'nalish bo'yicha ta'lim tizimi vujudga keltirilgan: a) «gimnastika»; va b) aqliy yo'nalishdagi barcha madaniyat turlari, chunonchi, tabiiy fanlar, falsafa, notiqlikni o'rganish. Ozod yunonlarning bolalari 7 yoshdan boshlab boshlang'ich maktabga borganlar . Badavlat xalq kishilarning bolalari esa 18 yoshgacha bolalar gimnaziyalarda o'qishni davom ettirganlar. Bolalar maktablarda chiroyli yozishga, aniq va ravon so'zlashga o'rgatilgan. Ular Gomer, Gesiod va boshqa shoirlarning she'rlarini va dostonlarini yod olganlar. Yunonlar ashula aytish, raqsga tushish, lira sozini chalishni bilmaydiganlarni o'qimishli deb hisoblamaganlar.Bolalar ulg'aya borgan sari yugurish, kurashga tushish, sakrash, disk, nayza otish va qilich chopish bilan shug'ullanganlar. Shu tariqa,ularni vatan himoyachilari sifatida tayyorlangan. Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo'linadi: 1)Egey madaniyati ( yer.avv. 2800-1100 yillar). 2)Gomer davri (yer.avv. XI-IX asrlar); 3)Arxaik madaniyat davri (yer.avv. VII-VI asrlar); 4)Klassik (yuqori darajadagi)davri (yer.avv. V-IV asrlar); 5)Ellinizm davri (yer.avv. 323-146 yillar). QADIMGI YUNONLARNING XUDOLARI HAQIDA MA'LUMOT ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.42 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.42 KB
Ko'rishlar soni 228 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga