Qang', Dovon va Kushon davlatlari Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. II asrning boshlarida Qang' davlati paydo bo'ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko'chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang' davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O'rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o'rta oqimida yashovchi qang'lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang' davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg'ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g'arbda Sarisu daryosi, g'arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o'z ichiga olib Qang' davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang'liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig'idagi yerlarni va Xorazmni o'zlariga bo'ysundiradilar. Qadimgi manbalarda Qang' davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma'lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang'uy (Qang') podshosi o'z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o'tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo'lsak, Qang' davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal qilingan. Qang' davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo'linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang' hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning ko'pchiligi Qang' davlatining kuchaygan davrlarida, ya'ni, mil.avv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang'arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o'tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug'diyona ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.68 KB
Ko'rishlar soni
390 marta
Ko'chirishlar soni
58 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.68 KB
Ko'rishlar soni
390 marta
Ko'chirishlar soni
58 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: doc