Qayta qurish siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz

Qayta qurish siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz

O'quvchilarga / Tarix
Qayta qurish siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz - rasmi

Material tavsifi

«QAYTA QURISH» SIYOSATI VA IJTIMOIY-SIYOSIY INQIROZ Sovet jamiyatining 80-yillar o'rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usuli o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi. Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o'zgarishlar qilishga urinib ko'rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko'zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo'jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko'proq daxldor bo'ldi. Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o'zgarishlar bo'lishiga umidning so'nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo'lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pa-sayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O'zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxi-ralarga ega bo'lishiga qaramasdan g'arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish sama-radorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o'zlashtirish juda sust olib borildi. Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o'zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg'a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyati-' dan nafratlanish, jiddiy, tub o'zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi. Ana shunday sharoitda 80-yillarning o'rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog'liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyat-ning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to'planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan bosh-landi. Natijada mahsulot ishlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.94 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.94 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 59 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga