Qo'qon xonligi XVII asr boshlarida Buxoro xonligida siyosiy parokandalik unga rasman qaram bo'lgan Farg'ona vodiysiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. 1709-yilda Chodak xo'jalari isyon ko'tarib, Farg'onaning bir qismini egallab olib, mustaqil davlat tuzilganligini e'lon qildilar. 1710-yilda vodiyda ancha kuchli ta'sirga ega bo'lgan, o'zbeklarning ming urug'i boshlig'i Shohruhbiy (1710-1721) hokimiyatni qo'lga oldi. Shohruhbiy o'z hukmronligi davrida Qo'qon, Namangan, Marg'ilon, Konibodom, Isfara atroflarini bo'ysundirib, o'z hokimiyatini mustahkamladi. Uning vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733) Xo'jand, O'ratepa, Samarqand, Jizzax, hatto Shahrisabzni o'ziga bo'ysundirib, mamlakat hududlarini ancha kengaytirdi. Shuning bilan birga u qurdira boshlagan shahar dastlab Qal'ayi Rahimbiy deb ataldi. Abdurahimbiyning bevaqt vafoti sababli ukasi Abdulkarimbiy (1733-1750) shahar qurilishini yakunlab, Tepaqo'rg'ondan poytaxtni yangi shaharga ko'chirdi va Eski o'rda degan joyida o'rda-qal'a qurdiradi. O'sh, Andijon, Marg'ilonni egallagan qalmoqlar 1745 yilda Qo'qonni qamal qilganda Abdukarimbiy O'ratepa hokimi Fozilbek yordami bilan qalmoqlarni mamlakat hududidan haydab chiqarib, davlat mustaqilligini saqlab qoldi. Qalmoqlar garov tariqasida Muhammad Abdurahimbiyning o'g'li Bobobekni olib ketishadi. Abdukarimbiy vafotidan keyin xonlar tez-tez almashtiriladi. 1750-1754 yillarda Abdurahmonbiy (1750-1751), Erdonabiy (1751-1753), Bobobek (1753-1754) xonlik qilganlar. Nihoyat, 1755 yilda Erdonabiy 2-marta hokimiyatga kelgach, xonlik ancha mustahkamlandi. U O'sh va O'zganni bo'ysundirib, 1758-1759 yillarda Sharqiy Turkistonga ham yurish qilgan. Bu davrda Qo'qon xonligi Buxoro va Xitoy bilan tengma-teng kurashadigan davlatga aylandi. Lekin Erdonabiy davrida olib borilgan urushlar mehnatkash xalqning aholini ancha og'irlashtirdi. Yerdonabiy 1769 yilga qadar taxtni boshqargan. Undan keyin taxtga o'tirgan Sulaymonbek bor-yo'g'i 6 oy xonlik qildi. Qo'qon xonligini 1770-1800-yillarda boshqargan Norbo'tabek markaziy hokimiyatni mustahkamlash va bo'ysunmas hokimlar qarshiligini bostirishda bir muncha muvaffaqiyat qozondi. U Chust va Namangan hokimlarining o'zboshimchaliklarini tugatib, ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.99 KB
Ko'rishlar soni
326 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.99 KB
Ko'rishlar soni
326 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: doc