Davlat boshqaruv shakli Reja: Davlat shakllari tushunchasi. Davlatning boshqaruv shakli umumiy tushunchasi va uning mohiyati: Respublika davlat boshqaruv shakli. Monarxiya davlat boshqaruv shakli. Davlat shakllari tushunchasi. Uzbekistan Respublikasi chuqur ijtimoiy-siyosiy islohotlar davrini boshidan kechirmokda: mamlakat iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o'tmoqda; jamiyatda umuminsoniy qadriyatlar borgan sari ko'proq, karor topmokda; shaxs huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish davlatning burchiga aylanmokda. Respublikada demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini qaror toptirish jarayoni kechmoqda. Bugungi kunda yuz berayotgan jamiyatimizdagi o'zgarishlar bizni ko'pchilik tushunchalar, atamalarni qaytadan idrok etishimizga va hatto qadriyatlarni qayta baholash bilan shug'ullanishga undamoqda. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Zero, davlat va huquq nazariyasi sobiq ittifoq sharoitida ma'muriy buyruqbozlik tizimining g'oyaviy asosi va himoyachisi vazifasini bajarganligi sababli, u albatta, qayta idrok etilishiga muhtojdir. Bundan tashqari, bugungi kundagi jamiyatimiz taraqqiyotiga xos yangiliklar, davlat va huquq tushunchasi, ularning mohiyati, tasnifi, vazifalarini yangicha talqinda tubdan qayta ko'rib chiqishni zamon taqozo etmoqda. Mening fikrimcha agar talaba davlat va huquq nazariyasi fanini to'la va chuqur o'rganib olsa, uning umumiy darajasi, huquqiy ongi, atrofda kechayotgan siyosiy jarayonlarni tushunish layoqati talab darajasida bo'ladi. Chunki bu fan, talabaga nafaqat yuridik bilimlar beribgina qolmay, balki uning huquqiy madaniyati, huquqiy ongini hamda huqukiy tafakkurini shakllantirishga ilmiy informatik baza bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari davlat va huquq nazariyasi fanining asosiy tushunchalarini yaxshi o'zlashtirish asosida talabada siyosiy madaniyat, siyosiy ong va siyosiy tafakkur shakllanishi xam shubxasizdir, chunki davlat-huquqiy hodisalar ayni paytda siyosiy-ijtimoiy hodisalardir. Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsak, davlat-huquqiy hodisalar siyosat bilan bog'liqdir. Bo'lajak yurist uchun esa huquqiy va siyosiy madaniyat, tafakkurning kasbiy shakllanishida bag'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham, mening fikrimcha bakalavriatning birinchi kursida davlat va huquq nazariyasini chuqur o'rganish o'ta muhimdir. Mana shu yuqorida aytilgan fikrlar mening davlat va huquq nazariyasi fanidan kurs ishi yozishimga sabab bo'ldi. Davlat va huquq nazariyasi o'quv kursi mavzulari ichidan men davlat boshqaruv shakli mavzusini tanladim. Chunki, davlatni tushunishda boshqaruv shakli alohida ahamiyatga ega. Zero, boshqaruv shakli davlat yo'li bilan uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim tomonidan amalga oshirishini belgilaydi. Davlat boshqaruv shakli insoniyatni qadimdan kiziqtirib kelgan muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolar umuman davlat shakllari, jumladan, davlat boshqaruv shakli masalasi meni juda qiziqtiradi. Yurtboshimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganlaridek: «Har bir davlat - betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining hosilasidir» har bir davlat shaklida shu davlatning tarixi, an'anlari, mentaliteti o'zining ifodasini topadi. Ayni paytda har bir kishilik jamiyati taraqqiyotidagi ijtimoiy - iqtisodiy bosqichlar o'ziga xos davlat shakllarini maydonga chiqaradi. Shu sababli davlat ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.66 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 19:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
44.66 KB
Ko'rishlar soni
227 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 19:57 ]
Arxiv ichida: doc