Qo'qon xonligining tashkil topishi Shohruhbiy - xonlik asoschisi Farg'ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung'arlar Farg'ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog'i xo'jalar jamoasi o'z mulklarini mustaqil deb e'lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig'ilishib, Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilganlar. Ming qabilasi yo'lboshchilaridan biri Shohruhbiy hukmdor (1709-1721) deb e'lon qilinadi. 1710- yilda minglar chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag'dardilar va Farg'ona vodiysida hokimiyatni o'z qo'llariga oldilar. Shu tariqa, o'rta Osiyoda keyinchalik Qo'qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi. Tepaqo'rg'on Shohruhbiyning qarorgohiga aylantirildi. Shohruhbiyning o'g'li Abdurahimbiy (1721 - 1733) davrida Xo'jand, o'ratepa viloyatlari qo'shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo'shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo'qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Xo'jandga qaytib kelgach, qattiq betob bo'lib, vafot etadi. Qo'qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o'tiradi (1733 - 1750). U Eskiqo'rg'on qaPasi yonida hozirgi Qo'qon shahriga asos solib, o'z poytaxtini Tepaqo'rg'ondan Qo'qon shahriga ko'chiradi. Shahar atrofini devor bilan o'ratadi. Erdona hukmronligi davrida (1751-1762) xonlikning qudrati ortdi. U o'sh va o'zganni bo'ysundirdi. Erdona davrida Qo'qon xonligi g'arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar bilano'tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat, 1763yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo'tabiy o'tqazildi (1763 - 1798). U dastlab Chust va Namangan hokimlariningisyonini bostirdi. Xo'jandni qayta bo'ysundirdi. Manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Norbo'tabiy davrida ekinlardan mo'1 hosil ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16 KB
Ko'rishlar soni
351 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16 KB
Ko'rishlar soni
351 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx