Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlari

Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlari

O'quvchilarga / Tarix
Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlari - rasmi

Material tavsifi

Rossiya imperiyasi tomonidan o'rta osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi LOYIHA TOPSHIRIG'I Kirish. Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi podsho Aleksandr II hukumronligi davrida nihoyatda tezlashdi. Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi to'rt bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich 1847 yildan boshlanib 1865 yilga qadar davom etadi. Bu bosqichda Qo'qon xonligiga qarashli hududlar bosib olinadi. Ikkinchi bosqich 1865 yildan boshlanib 1868 yilga qadar davom etadi. Bu davrda Toshkent va Buxoro amirligi hududlari bosib olinadi. Uchinchi bosqich 1873-1879 yillarni o'z ichiga olib, bu davrda Xiva va Qo'qon xonligi hududlari chor qo'shinlari tomonidan zabt etiladi. To'rtinchi bosqich 1880-1885 yillar bu davrda hozirgi Turkmaniston yerlari bosib olinadi. Rossiya davlatining Turkiston yerlarini bosib olishga intilishining yangi to'lqini 1847 yilda boshlandi. Shu yili Sirdaryoning Orol dengiziga qo'yiladigan joyi-Raim egallanib, Orol harbiy qal'asi barpo qilinadi. Oryenburgda «Nikolay» va «Konstantin» degan kemalar qurilib, ular bo'lak-bo'lak holda keltirilib Orol dengiziga tushiriladi. Oqmasjid (Qizil O'rda), Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Pishpek To'qmoq va boshqa shaharlarda Qo'qon xonligining harbiy istehkomlari mavjud edi. 1852 yilda Chor qo'shinlari Oqmasjidga hujum qiladilar, lekin uni qo'lga kirita olmaudilar. 1853 yilda genyeral Perovskiy boshchiligida ikki ming askardan ortiq qo'shin Oqmasjidga ikkinchi marta hujum uyushtiradi. 22 kunlik qurshov va jangdan so'ng Chor askarlari istehkomni egallaganlar. Qal'a himoyachilaridan 74 kishi tirik qolgan xolos. Chor qo'shinlaridan bor yo'g'i 25 kishi halok bo'lgan va 46 kishi yarador qilingan. Istehkomga «Perovskiy forti» nomi berilgan. 1860 yilda polkovnik Simmerman qo'shini Qo'qon xonligining 5 ming kishilik qo'shinini tor-mor keltirib, To'qmoq va Pishpak qal'alarini egalladi. 1864 yil boshida Verniy (Olma-Ota) istehkomidan chiqqan 2500 kishilik Chernyayev boshchiligidagi Chor qo'shinlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 57.88 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 57.88 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga