Rossiya va Sovet davlati tarixi (birinchi jahon urushi yillarida)

Rossiya va Sovet davlati tarixi (birinchi jahon urushi yillarida)

O'quvchilarga / Tarix
Rossiya va Sovet davlati tarixi (birinchi jahon urushi yillarida) - rasmi

Material tavsifi

Rossiya va Sovet davlati Reja: Bolsheviklar qanday jamiyat qurmoqchi edilar ? Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi. Frontlardagi o'zgarishlar. Bolsheviklar o'zlari qurmoqchi bo'lgan yangi jamiyatni kommunistik jamiyat deb ataganlar. Ularning fikricha: bu jamiyat o'z taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o'tishi kerak edi. Birinchi bosqichni sotsializm, ikkinchi bosqichni esa kommunizm deb ataganlar. Sotsializm - kommunistik jamiyatning quyi bosqichi, kommunizm esa yuqori bosqichi edi. U sotsializmning yuksak tarixiy taraqqiyoti natijasida vujudga kelar edi. 1917-yilning 14-noyabrida Sovet hukumati xususiy zavod va fabrikalar-da ishchi nazoratini o'rnatish to'g'risida qaror chiqardi. Noyabr oxirida yirik sanoatni milliylashtirish (davlat ixtiyoriga olish) boshlandi. 14-dekabrda esa xususiy banklarni, temiryo'l transportini milliylashtirish, tashqi savdoga davlat monopoliyasini o'rnatish, ichki va tashqi qarzlarni bekor qilish haqida dekret qabul qilindi. Shu tariqa 1918-yil bahoriga kelib yirik xususiy sanoatning talaygina qismi: ko'mir, metallurgiya, neft, kimyo, mashinasozlik, to'qimachilik va qand sanoati, transport, savdo floti va tashqi savdo ham milliylashtirildi va Sovet davlati xalq xo'jaligining yetakchi tarmoqlarini o'z qo'liga oldi. Bu tadbirlar shunday shiddatkorlik va murosasizlik, terror yo'li bilan amalga oshirildiki, bolsheviklar rahbari V. I. Lenin bu hodisani «kapitalga qizil gvardiyachasiga hujum qilish», deb mag'rurona baholagan edi. Mulk-dorlar jon saqlash uchun chet ellarga qochib ketdilar. Xalq xo'jaligi davlat sektorini boshqarish maqsadida 1917-yilning 1-dekabrida Xalq xo'jaligi Oliy Kengashi tuzildi. Bu Kengashga juda katta vakolatlar berildi. Jumladan, u istagan korxonani musodara qila olar, egallab olar, shuningdek, yopib qo'yar edi. 1918-yilning bahoridan boshlab «Yer to'g'risida»gi dekretni amalga oshirish boshlandi. Barcha yer davlat mulki deb e'lon qilindi. Pomeshchik yer egaligi tugatildi. Yerni dehqonlarga taqsimlab berish boshlandi. Yerga ishlov berishda yollanma mehnatdan foydalanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.78 KB
Ko'rishlar soni 280 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.78 KB
Ko'rishlar soni 280 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga