Salavkiylar davrida O'rta Osiyo

Salavkiylar davrida O'rta Osiyo

O'quvchilarga / Tarix
Salavkiylar davrida O'rta Osiyo - rasmi

Material tavsifi

Salavkiylar davrida O'rta Osiyo R E J A: 1. Iskandar Zulqarnaynning yurishlari. 2.Markaziy Osiyo Salavkiylar davlati tarkibida. -1- Mil. avv. IV asrning o'rtalaridan boshlab Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi. Bu davrda Makedoniya podshosi Fillip II Bolqon yarim orolida o'z mavqeini mustahkamlab oldi va ahmoniylarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Fillip II o'z davriga mos harbiy islohotlar o'tkazib tartibli va yaxshi qurollangan qo'shin tuzishga muvaffaq bo'ldi. Mil. avv. 336 yilda ahmoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Fillip II ning o'ldirilishi tufayli bu kurash to'xtab qoldi. O'sha yili taxtga Fillip II ning o'g'li 20 yoshli Iskandar (Aleksandr) o'tirdi. Bu paytga kelib, Yunon shahar-davlatlarida Iskandarga qarshi harakatlar boshlangan bo'lib, yosh podsho bu harakatlarning barchasini shafqatsizlik bilan bostirdi. Iskandar ahmoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo'shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash tuzib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo'shinlar oldiga aniq vazifalar qo'ydi. Mil. avv. 334 yilning bahorida makedon qo'shinlari urush olovini Osiyoga, Osiyo baxtini esa o'zimizga qaratamiz shiori ostida forslarga qarshi yurish boshladi. Mil. avv 334 yil may (Granik daryosi yonida), 33 yil noyabr (Issa shahri, Suriya chegarasida), 331 yil oktyabr (Gavgamela, Shimoli-Sharqiy Mesopotamiyada) bo'lgan hal qiluvchi janglarda fors qo'shinlari to'la mag'lubiyatga uchradi. Arrianning ma'lumot berishicha ahmoniylarning so'nggi hukmdori Doro II Baqtriyaga qochib ketadi va Baqtriya satrapi Bess tomonidan fitna uyushtirilib o'ldiriladi. Mil. avv. 330-329 yillar qishida Makedoniyalik Iskandar qo'shinlari Hinduqush dovonidan o'tib Shimoliy Baqtriya erlariga chiqib keladilar. Bess o'z qo'shinlari bilan Iskandarga qarshi chiqdi. Ammo, tajribali Yunon-makedon qo'shinlaridan mag'lubiyatga uchradi. Iskandar Baqtriyaning poytaxti Baqtra shahri, Aorn, Drapsak kabi mustahkam qal'alarni egalladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.1 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.1 KB
Ko'rishlar soni 202 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga