Samarqand tarixi

Samarqand tarixi

O'quvchilarga / Tarix
Samarqand tarixi - rasmi

Material tavsifi

Samarqand tarixi SAMARQAND - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 y.dan). 1925-30 ylarda Respublika poytaxti. O'zbekistonning jan.-g'arbida, Zarafshon vodiysining o'rta qismida (Darg'om va Siyob kanallari orasida) joylashgan. O'rtacha balandlikda. Toshkentdan . Sdan Toshkent- Dushanba, -Turkmanboshi, -Uchquduq-Qo'ng'irot t.ylari, Katta O'zbekiston trakti(- Termiz yo'li) o'tadi. Shahar aholisi va xo'jaliklari Shovdor, Bog'ishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning o'rtacha t-rasi 25,9°, eng yuqori t-ra 40-42°, yanv.ning o'rtacha t-rasi 0,2°, eng past t-ra -26°. Mayd. 0,09 ming km2. Aholisi 383,3 ming kishi (2004); 1975 y. 299 ming, 1970 y. 267 ming, 1959 y. 196 ming, 1939 y. 136 ming, 1897 y. 55 ming. 1865 y. 26 ming. S. shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Xishrov) mavjud. Tarixiy yozma manbalarda S.ning yoshi qadimiyligi to'g'risida ma'lumotlar bor. Muha.mmad sh-Nasafiy «al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand», Haydar as-Samarqandiy (12-a.) «Qandiyai Xurd», Abu Tohirxoja Samarqandiy «Samariya», Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va b. ko'plab mualliflarning asarlarida bu hakda yozib o'tilgan. Shu bois o'rta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida «G'arbda Rim, Sharqda Samarqand» deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib «Boqiy shaharlar» nomini olganlar. Xalq iborasi «Samarqand sayqali ro'yi zaminast» [Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi)] behuda aytilmagan. Amir Temur S.ni o'zgacha mehr b-n qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi. «S.» so'zining kelib chiqishi to'g'risida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari «Samarqand» so'zining birinchi qismi, ya'ni «» so'zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun'iy ta'riflarni taklif ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.61 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.61 KB
Ko'rishlar soni 303 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga