Shayboniylar sulolasi davrida Buxoro xonligi 1510-1601y XV asr ikkinchi yarmi - XVI asr boshlariga kelib Movarounnahr va unga tutash Dashti Qipchoq hududlaridagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Bunga bir tomondan temuriylar davlatida yuzaga kelgan siyosiy tarqoqlik va hokimiyat hamda hududiy davolar orqasidan kelib chiqqan o'zaro ichki nizolar ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi tomondan Dashti Qipchoqda tarqoq ko'chmanchi qabila va urug'larning birlashuvi va kuchli markazlashgan davlatning yuzaga kelishi ta'sir ko'rsatgan edi. Bu vaqtga kelib G'arbiy Sibir va Sirdaryogacha bo'lgan hududlarni birlashtirib, Dashti Qipchoq va Movarounnahr orasidagi savdo tarmoqlarining markazlari sanalgan Sig'noq, Oqqo'rg'on, Arquq, So'zoq va O'zgand shaharlarini yagona hokimiyatga bo'ysundirgan Jo'chining beshinchi o'g'li Shaybon urug'idan bo'lgan Abulxayrxonning temuriylar davlati hududlariga ham ta'siri kuchayib boradi. Garchi bu ta'sir dastlabki vaqtlarda temuriylarning murojaatlari orqasida kelib chiqqan bo'lsa, keyinchalik Abulxayrxon Sirdaryoning so'l qirg'og'idagi hududlarga ham o'z siyosatini o'tkazish va hokimiyatini joriy qilishga intiladi. Shunday vaziyatlardan biri 1447 yilda Shoxruxning vafot etishi bilan yuzaga keladi va Ulug'bekning mamlakatda yo'qligidan foydalangan Abulxayrxon Samarqand va Buxoro atroflarga harbiy bosqinchilik uyushtiradi. Ulug'bekning vafoti bilan Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat yanada chigallashadi va Samarqand taxti uchun kurashlar kuchayadi. Shunday jarayonda temuriyzoda Abu Said Mirzo (1451-1469 yy) ning murojaati bilan Movarounnahrga kirib kelgan Abulxayrxon temuriylarning ichki kurashlarida ishtirok eta boshlaydi va shu bilan Movarounnahr ichki siyosiy hayotida shayboniylar omili boshlanadi. Bu siyosat Abulhayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon davrida ham davom etdi. Abulhayrxonning o'g'li Shoh Budog' Sultonning farzandi bo'lgan Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon (1451-1510 yy) bobosining o'limidan (1468 y) so'ng tarqoqlikka uchragan Shaybon ulusiga mansub urug' va qabilalarni nafaqat qaytadan birlashtirishga, balki uni kuchli va markazlashgan, harbiy ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.76 KB
Ko'rishlar soni
267 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.76 KB
Ko'rishlar soni
267 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx