Shimoliy Afrikadagi Arab mamlakatlari Reja: Suriya, Iroq, Jazoir, Marokash va Tunis. Mustaqillik davridagi og'ir kurashlar. Ozodlik kurashining yangi bosqichi. Milliy tiklanish qiyinchiliklari. Misr. Mustaqillik uchun kurash. Mustaqillikning qiyin so'qmoqlari. Urushning arab davlatlariga ta'siri Arab davlatlari dunyoning ikki qit'asida (Osiyo va Afrikada) joylashgan. XX asr boshlarida bar-cha arab davlatlari mustamlaka yoki yarim mustamlaka bo'lganlar. Xususan, Osiyoda joylashgan arab davlatlari Tur-kiya imperiyasi tarkibiga kirgan. Afrika qit'asidagi Misr va Sudan - Buyuk Britaniyaning; Tunis, Jazoir va Marokash - Fransiyaning; Marokashning bir qismi - Ispaniyaning; Liviya esa Italiyaning mustamlakasi edi. Birinchi jahon urushi natijasida Turkiya imperiyasi quladi. Biroq bu hodisa barcha arablarga ham mustaqillik keltirgani yo'q. Saudiya Arabistoni va Yaman mustaqil davlatlarga aylandi. Osiyodagi arab hududlari (Millatlar Ligasining mandat tizimiga asosan) Buyuk Britaniya va Fransiya nazorati ostiga berildi. Shimoliy Afrikada yashovchi arab xalqi mustamlaka zulmi ostida qolaverdi. Bunga qarshi xalq milliy-ozodlik kurashini tobora kuchaytirdi. Suriya Suriya to'rt asr davomida Turkiya mustamlakasi bo'lib kelgan. Birinchi jahon urushi oxirida esa u Fransiya qo'shinlari tomonidan ishg'ol etildi. XX asr boshlarida ham Suriyada o'rta asrlarga xos ishlab chiqarish munosabatlari hukmron edi. Aholining asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanar, yerning ko'pchiligi katta yer egalari (feodallar) qo'lida edi. Dehqonlar (fallohlar)ning katta qismi bir par-cha yerga ham ega emasdi. Ular ijaraga yer olib ishlashga majbur edilar. Sanoat juda sekin rivojlanmoqda, o'z vatanida ish topa olmagan ziyolilar chet elga ketishga majbur bo'lardi. Suriya xalqi Turkiyaning Antanta davlat lariga to'lashi zarur bo'lgan tovonning bir qismini to'lashga majbur etildi. Bu esa, o'z navbatida, aholi turmush darajasini yanada yomonlashtirib yubordi. Mustaqillik davridagi og'ir kurashlar 1918-yilning ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.2 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.2 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx