Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O'zbekiston o'z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo'naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o'tkazish yo'lidan bormoqda. Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi: xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi; Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi; Ko'p ming yillik o'zbek davlatchiligi tarixi va o'ziga xos ma'naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi; Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo'lidan bordi; Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo'li tanlandi. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingan paytda 1990 -yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko'rsatmoqda edi. O'zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o'z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi. Oliy Majlis.l992- yil 8-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamen-tining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo'ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, deb belgilab qo'yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko'rildi. 1993- yil 28-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to'g'risida, 1994- yil 22-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to'g'risida qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'p partiya-viylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo'Iishi belgilandi. 1994-yil 25-dekabrkuni O'zbekiston Respublikasi ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.5 KB
Ko'rishlar soni
314 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.5 KB
Ko'rishlar soni
314 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx