Sobiq Ittifoqda ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi

Sobiq Ittifoqda ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi

O'quvchilarga / Tarix
Sobiq Ittifoqda ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi - rasmi

Material tavsifi

Sobiq Ittifoqda ma'muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi Totalitar rejimining qaror topishi. XX asrning 20 - yillari ikkinchi yarimlariga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o'zgarish hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi murvatlarini o'z qo'H ostiga kiritib borgan I. V. Stalin asta -sekinlik bilan o'zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo'ldi. Shu maqsadga erishish yo'lida u o'z atrofiga bir guruh hushomadgo'y, labbaychi rahbar kadrlarni to'plab, ularni ishga solib, partiyaning ko'plab tajribali, inqilobiy kurashlar jarayonida toblangan, g'oyaviy va siyosiy jihatdan yetuk, nufuzli arboblarini obro'sizlantirishga intildi. 20- yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga kirgan «partiyaviy tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki bu muhim masalasida sog'lom, xolis fikr bildirgan kadrlar egallab turgan yuqori vazifalaridan chetlashtirildi. Stalin o'z yo'liga g'ov bo'lgan bunday muxolifatchi kuchlar, kadrlarni tor - mor yetish, o'z shaxsiy hoki-miyati rejimini qaror toptirishda V.M.Molotov, K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o'zgarishlar, yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo'r berib ko'klarga ko'tarib maqtash, madh qilishga yo'naltirildi. 20- yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik kuchayib boradi», degan soxta g'oya butun mamlakat uchun haloqatli oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada o'z irodasi, hukmini boshqalarga o'tkazib bordilar. O'z davrida komparliya va sovet hokimiyati rahbariyatining o'zak - negizini tashkil etgan Trotskiy, Buxarin, Kamenov, Zinovyev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.77 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.77 KB
Ko'rishlar soni 197 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga