Sovet davlati va uning parchalanishi

Sovet davlati va uning parchalanishi

O'quvchilarga / Tarix
Sovet davlati va uning parchalanishi - rasmi

Material tavsifi

Sovet davlati va uning parchalanishi. Reja: SSR urushdan keyingi yillarda. Kommunizm qurish dasturining qabul qilinishi. Jadallashtirish rejasi va siyosiy ahvolning murakkablashuvi. SSRning parchalanishi. SSR fashistlar germniyasini mag'lubiyatga uchratishda asosiy rol o'ynaydi. Biroq g'alaba katta talofatlar hisobiga qo'lga kiritildi. Chunonchi, SSR ning 27 mln. fuqarosi halok bo'ldi. SSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo'qotdi. Endi sovet davlati oldida mamlakat xo'jaligini tiklash vazifasi turar edi. Shu maqsadda SSR Oliy Soveti xalq xo'jaligini rivojlantirishning to'rtinchi besh yillik rejasini qabul qildi. Qattiq markazlashtirilgan rahbarlik hamda SSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mehnati tufayli sanoat ishlab chiqarish hajmi 1950 - yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi. Ayni paytda sanoatning tez sur'atlar bilan rivojlanishida mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan ko'p millionli sovet tutqunlarining hamda 1,5 mln. nemis, 0,5 mln. yapon harbiy asirlarining tekin mehnati, germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd. dollar hajmidagi tovon, shuningdek kapital mablag' asosiy qismining sanoatga yo'naltirilganligi ham katta rol o'ynadi. Urushdan keyingi yillarda yana o'zgacha fikrlovchi kishilarni qatag'on qilish boshlandi. O'zgacha fikrlovchilarni qatag'on qilish - totolitar sotsaliazmning yo'ldoshidir. Chunki totolitar sotsializm - kuchga hamda yolg'on aqidalarga asoslanadigan jamiyat. Sovet ziyolilari urushdan keyin chuqur iqtisodiy va siyosiy islohatlar o'tkazilishiga umid qildilar. Ularning ma'lum qismi SSR da ham, G'arbdagi kabi, erkin jamiyat qaror topishini istadilar. Iqtisodiy islohotlar borasida ziyolilarning bir qismi korxonalar o'rtasida raqobat sharoitini vujudga keltirishni, hissadorlik jamiyatlarini tuzishni, davlat ta'minotini bekor qilishni, xususiy savdoni yo'lga qo'yishni, erkin narx joriy etilishini, kolxozlar mol - mulkini va ularga berilgan yerlarni oilalarga bo'lib berish yo'li bilan kolxozlarni amalda tugatishni taklif etdilar. Biroq SSR rahbarlari bu takliflarni sotsializmni ichdan qo'porish, taklif mualliflarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.35 KB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.35 KB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga