Sovet davlatida ma'muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi

Sovet davlatida ma'muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi

O'quvchilarga / Tarix
Sovet davlatida ma'muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi - rasmi

Material tavsifi

Sovet davlatida ma'muriy buyruqbozlik tuzumining kuchayishi va inqirozi. O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi. Demokratik,fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi. Reja: 1. 50-80 yillarda O'zbekiston iqtisodiy-ma'naviy hayotidagi turg'unliklar.(Paxta ishi,O'zbeklar ishi). 2. Mustaqillikka erishish yo'lida .O'zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi. 3. O'zbekistonning o'ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo'li. Siyosiy islohotlar . 4. Respublika demokratik fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi. Qatag'onlikning yangi to'lqinlari: 80-yillarning o'rtalariga kelib qatag'onlik va qonundan chekinishlar yana bo'y ko'rsata boshladi. Galdagi qatag'onlik to'lqiniga nafaqat ijod ahli, balki xo'jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi.O'zbekistonning milliy ziyolilari hech qachon, hattoki mustabid tuzumning «gullab-yashnagan» davrida ham o'zbek xalqining milliy mustaqilligi g'oyalaridan voz kechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo'lmaganda ham milliy mustaqillikni qo'lga kiritish uchun zimdan kurash olib bordilar.O'zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash degan niqoblar bilan Markazdan katta vakolatga ega bo'lgan mas'ul xodimlarning «desant» guruhlari kela boshladi. Ularga partiya, sovet va sud organlaridan muhim ahamiyatga ega bo'lgan lavozimlar berildi. Uydirma, to'qib chiqarilgan «paxta ishi» va «o'zbeklar ishi» deb ishlarga siyosiy tus berildi. Oqibatda go'yoki butun O'zbekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandek tasavvur uyg'otishga harakat qilindi. Ittifoqning Gdlyan va Ivanov boshliq emissarlar guruhi Respublikadagi turli sohalarda ishlayotgan bir necha minglab rahbar xodimlarni tergov jarayoniga tortdilar.Ularga poraxo'rlik, ko'zbo'yamachilik va jinoyatchilikning boshqa ko'rinishlaridagi aybnomalar qo'yildi. Mahbuslarni «o'z aybiga iqror qilish» uchun jismoniy zo'ravonliklar, ruhiy azoblar qo'llanildi. O'zbekiston Kompartiyasi MK ning sobiq birinchi kotibi SH.R. Rashidov nomiga ham nohaq tuhmatlar qilindi, o'zbek xalqining milliy g'ururi toptaldi. Bunda O'zbekiston SSRning o'sha davrdagi qo'g'irchoq rahbarlarining mash'um hissasi bo'ldi.Ommaviy qamoqqa olishlar avj oldi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.58 KB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.58 KB
Ko'rishlar soni 251 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga