Sovet hokimiyatining O'zbekistonda yuritgan qatag'on siyosati va uning oqibatlari Mustabid tuzum Markazda va joylarda o'z mutlaq hokimiyatini shakllantirib, mustahkamlab borar ekan, bunda u o'ziga sodiq muayyan siyosiy va ijtimoiy kuchlarga tayanib ish yuritmog'i kcrak edi. Shu maqsadda, Markaz hukumati yangi sotsialistik jamiyat qurilishi davomida O'zbekistonga o'zining ko'p sonli sadoqatli xodimlari, vakillarini rahbary Iavozimlarga yuborib turganligi bejiz emas. Xususan, ular yordamida o'lka hayotida kechayotgan barcha jarayonlar, o'zgarishlardan doimiy xabardor bo'lish, ularning yo'nalishlarini, maqsad, vazifalarini belgilash, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish mumkin bo'lardi. Markaz O'zbekistonlik milliy kadrlarning kundalik ishlariga «ko'z-quloq» bo'lish, ular faoliyatini tekshirish, taftish qilish barobarida sotsializm qurilishi yo'lida sadoqat bildirganlarni tanlash, tarbiyalash, ularni yuqori mansablarga ko'tarishni o'z e'tiboridan chetdatutmadi. Shu bois, Markaz ishonchini qozonib, uning nufuzli namo-yandalari bilan yaqindan hamkorlik qilgan, kerak bo'lganda- o'z xalqining manfaati, qiziqishlarini ko'zlab ish yuritgan bilimdon kadrlar soni ham ko'payib borgan. Ammo Stalin yakkahokimligi kuchayib, totalitar tuzum bedodligi avj olib borgan sari bunday kadrlarni arzimas sabab va bahonalar bilan qiynoq-qistovga olish, vazifalaridan chetlatish odatiy tusga kirib bordi. Rahbar kadrlar, ayniqsa, o'z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoya qilib, uning istiqbolini ko'zlab, o'zida kuch, iroda topib, bor haqiqatni aytishga jur'at qilgan miliat vakillari birinchi navbatda hukmron Markaz uyushtirgan qatag'onga duchor bo'ldi. Buning yorqin ifodasini Sovet mafkurachilari tomonidan o'zbek milliy kadrlari sha'nini bulg'ashga qaratilgan, atayin to'qib chiqarilgan «18 lar guruhi», «lnog'omovchilar», «Qosimovchilar» guruhlari misolida ko'rish mumkin. Ularning faoliyatiga oid tarixiy hujjatlarni ko'zdan kechirar ekanmiz, bu insonlar faoliyatida ularni ayblashga bois bo'ladigan hech bir asosli ashyoviy dalillar bo'lmaganligiga to'la amin bo'lamiz. Ularning yagona «gunohi» - bu o'z millati ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.65 KB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.65 KB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx