SSSR da turg'unlik holatining vujudga kelishi, Tutg'unlik sabablari

SSSR da turg'unlik holatining vujudga kelishi, Tutg'unlik sabablari

O'quvchilarga / Tarix
SSSR da turg'unlik holatining vujudga kelishi, Tutg'unlik sabablari - rasmi

Material tavsifi

SSR da turg'unlik holatining vujudga kclishi Tutg'unlik sabablari. XX asrning 70-80- yillarida SSRda iqtisodiyotni rivojlanish surati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa soha-lardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqur-lashtirib yubordi. Jahonning taraqqiy topgan mamlakatlarida XX asr ikkinchi yarmida sodir bo'lgan ilmiy-texnika inqilobidan samarali foydalanildi. Mashina-fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga o'tib borildi. Ishlab chiqarishga hisob-kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron-hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo'llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexanik, og'ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo'ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg'or mamlakatlarda ishlab chiqarish intensiv taraqqiyot yo'liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni qisqarib, xizmat ko'rsatish sohasida, tibbiyot, ta'lim, ilmiy faoliyatda band bo'lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta'lim va boshqa xizmat ko'rsatish sohalarida keng qo'llanila bordi. Inson texnik, mexanik va og'ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo'lib, o'zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag'ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi. Sovet davlatida esa ilmiy-texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yo'lga qo'yilmadi. Iqtisodiyot ekstensiv yo'lda, tobora ko'p qo'shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish-da sustkashhk qilinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo'lsa-da, xo'jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko'pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan birpaytda SSRbujarayondan orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to'planib qolayotgan edi. Ma'-muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo'lidagi urinishlarni yo'qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag' ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.04 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:01 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.04 KB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 19 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga