Mavzu: Tarix bamisoli ko'zgu Tarix bamisoli ko'zgu Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q degan ibora zamirida olam ma'no anglashimiz mumkin. O'zbekiston hududida tarixiy obidalar va uzoq tarixga ega bo'lgan qadamjolar ko'p. Ularni ziyorat qilar ekanmiz ajdodlarimiz bosib o'tgan ulug' yo'llarni, ularning qudratini his qilamiz. Vatanimizning boy tarixi, ajdodlarimizning ulkan ma'naviy merosi, betakror qadriyat va an'analari necha asrdan buyon butun dunyo ahlini hayratga solib keladi. Buyuk bobolarimizning dunyo tamadduniga qo'shgan beqiyos hissasi tarix zarvaraqlaridan o'rin olgan. Sohibqiron Amir Temur xalqimiz dahosining ana shunday yorqin timsolidir. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida tariximizni asl holicha o'rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini e'zozlash, merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Milliy davlatchiligimiz tarixini chuqur va xolisona tadqiq etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar samarasida Amir Temur va Temuriylarning jahon tarixidagi o'rni, xalqimiz, Vatanimiz oldidagi xizmatlari qadr topdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan poytaxtimizda Sohibqiron va uning shavkatli avlodlariga bag'ishlab muhtasham muzey barpo etilishi Amir Temur nomini tiklash, buyuk bobomizga nisbatan tarixiy adolatni qaror toptirish borasidagi ulkan qadamlardan bo'ldi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi o'zining salobati va betakror me'moriy yechimi bilan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik mehmonlar va sayyohlarning ham e'tiborini jalb etib kelmoqda. Muhtasham kosxonaning har bir qismi tarix va bugunni ifoda etib, o'zaro uyg'un tarzda Sohibqiron bobomiz kuch-qudratidan, xalqimizning buyuk tarixi va kelajagidan dalolat beradi. Muzeyning salobatli moviy gumbazi ulug' ajdodimiz xoki yotgan Amir Temur maqbarasini namoyon etsa, baquvvat ustunlari, milliy me'morchiligimiz an'analariga monand ishlangan toq va ravoqlar, oltin suvi berib ziynatlangan bezaklarda o'rta asr me'morligi an'analari mujassamdir. Binoning tashqi devoriga ishlangan nAQSH har ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
586.93 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
586.93 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx