Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari 1. Metodologiya tushunchasi. 2.Tarix fani metodologiyasi tushunchasi. 3.Tarix fani metodologiyasi asoslari fanining maqsadi va vazifalari. 1. Metodologiya tushunchasi. Metodologiya-nima va u nima uchun kerak? Hozirgi ensiklopediya ma'lumotlarida metodologiyani bir necha tushunchalari mavjud. Metod - faoliyat usullarini boshqaradigan qoida, norma va mezonlardir. 1) Metodologiya-yunoncha metod-usul, logiya-bu tuzilma to'g'risidagi ta'limot, faoliyat metodlari va faoliyat vositalarini mantiqiy tashkillashtirish demakdir. Metodologiya atamasi miloddan avvalgi IV asrda Aristotel asarlaida uchraydi. 2) Metodologiya-bu nazariy va amaliy faoliyatni qurilish va tashkillashtirish usullari va tamoyillar tizimidir. 3) Bu tizim to'g'risidagi ta'limot, metod nazariyasi. Metodologiya bu unga tegishli metodlar to'plami. Fan metodologiyasi ilmiy bilimni tuzilmasi va rivojlanishini tadqiq qiladi, ilmiy tadqiqot vositalari va metodlarini tadqiq qiladi, uni natijalarini asoslash usullarini tadqiq qiladi, ilmiy bilishni amalgam tadqiq qilishni mexanizm va shakllarini tadqiq qiladi. 4) Metodologiya- bu bilishning ilmiy metodi to'g'risidagi fan yoki boshqacha aytganda boshqa fanlar kabi tarix fanida ham qo'llanadigan metodlar to'plamidir. Bu ma'lum tushunchalardan metodologiya faoliyatni tashkil etishdir. E'tirof etilgan metodologiya tushunchasi quyidagilarni tashkil qiladi: tadqiqotning obyekti va predmetlarini (obyektning turli tomonlarini) tasvirlash, o'rganish maqsadlarini aniqlash muammo va masalalarni qo'yish qo'yilgan muammolarning manbalarini ochish tadqiqot muammolarini tarixshunoslik nuqtai-nazaridan asoslash vositalar tasviri (bilishni belgilash yo'llari metodlari) bilimni o'zini tasvirlash yoki tadqiqotda foydalaniladigan definitsiyalar. Biz agar metodologiyani faoliyatni tashkil etishdagi fan deb qaraganimizda tashkil qilish yoki tashkilot tushunchasini mazmunini quyidagicha ko'rib chiqamiz. Tushuncha bo'yicha tashkilot bu: 1. Ichki tartibga solinganlik, o'z tuzilishi bilan ma'lum darajada differensiyalashgan va avtonom qismlarini o'zaro harakatini kelishilgani; 2. Butunni qismlari o'rtasidagi o'zaro aolqalarini tashkil topishi va ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.03 KB
Ko'rishlar soni
405 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
63.03 KB
Ko'rishlar soni
405 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx