Tarix o'qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi Reja: 1. Tarix o'qitish metodlari va usullari. 2. Tarix o'qitish metodlari klassifikatsiyasi. 3. Ko'rgazmali metodlar. Tayanch iboralar Ta'lim tizimida qo'llaniladigan metodlar, tarix o'qitish metodlarining metodistlar tomonidan klassifikatsiyalanishi, ko'rgazmali metodlardan foydalanishning ahamiyati. O'qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning ma'lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o'qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya'ni o'qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o'quvchilar tomonidan o'sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish faoliyatida qo'llaniladigan usullarni o'z ichiga oladi. O'rta ta'lim va o'rta maxsus ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo'nalishlarida ta'lim mazmunini takomillashtirish, uning tarbiyaviy yo'nalishini kuchaytirish bilan birga, o'qitish metodlarini ham aktivlashtirish asosiy vazifa qilib qo'yildi. Endilikda, ta'lim mazmuni insoniyat to'plagan tayyor bilimlar, ko'nikma va malakalarni puxta egallash bilan birga, o'quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining o'sishini ta'minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o'zida birlashtirmog'i lozim. Ta'limning rivojlanish prinsiplariga ko'ra, o'quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o'rgatish va ularda zarur ko'nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta'lim mazmuni bilan birga o'qitish metodlari ham muhim rol o'ynaydi. O'qitish metodlari murakkab muammo bo'lib, o'rta ta'lim va o'rta maxsus ta'lim tizimida oldiga qo'yilgan mas'uliyatli vazifalarning hal etilishi ko'p jihatdan uning to'g'ri hal qilinishiga bog'liqdir. Biroq, hozircha o'qitish metodikasining bu muhim problemasi, xususan tarix o'qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi. O'qitish metodikasida tarix ta'limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.43 KB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.43 KB
Ko'rishlar soni
264 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx