Tarix o'qitishning tashkiliy shakllari. Dars, uning turlari va tuzilishi 1. Dars o'quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli. 2. Zamonaviy tarix darsi, unga qo'yiladigan talablar. 3. Tarix darslari mavzularining uzviyligi va didaktik jihozlanishi. 4. Dars turlari. Tayanch iboralar. Tarix fani va uning oldiga qo'yiladigan ta'lim - tarbiyaviy talablar, zamonaviy tarix darslari, zamonaviy talablar. Tarix kursi oldiga qo'yilgan ta'lim - tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir sinfda o'qitiladigan tarix kursining tutgan o'rni, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bo'lim va bo'limdagi mavzular, hatto har bir darsda o'tiladigan mavzuning ham juz'iy vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan keyingina tarix o'qitishga kirishish maqsadga muvofiq bo'ladi. O'rta ta'lim va o'rta maxsus ta'lim tizimida tarix o'qitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish birinchi navbatda o'qituvchining har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini oldindan aniq va to'g'ri belgilab ola bilishiga bog'liqdir. Bu ham, o'z navbatida, o'qituvchining darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini to'g'ri belgilash metodi va usullari haqidagi nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog'liqdir. O'rta ta'lim va o'rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qo'yilgan ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini, shuningdek, uning boshqa darslar sistemasida to'tgan o'rnini aniq belgilash va shu vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir yoki bir necha darsda yoki sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'tkaziladigan ayrim tadbirlar vositasida batamom mukammal hal qilib bo'lmaydi. Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg'ulotlarda tarix o'qitish oldiga qo'yilgan g'oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga oshiriladi. Shuning uchun ham o'qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.36 KB
Ko'rishlar soni
787 marta
Ko'chirishlar soni
129 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:01
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
41.36 KB
Ko'rishlar soni
787 marta
Ko'chirishlar soni
129 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:01 ]
Arxiv ichida: docx