Tarixiy manba va adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish. Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo'lgan? - degan savolga javob topish tarixiy manba va adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilishdir. Bu savolga javob berish uchun qadimgi davr tarixnavisligiga (manbalarga) murojaat qilamiz. Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? Tarixiy manba deganda uzoq o'tmishda qolgan, tabiat va jamiyatning ma'lum bosqichdagi kechmishini o'zida aks ettirgan moddiy va ma'naviy yodgorliklarni tushunamiz. Moddiy yodgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgohlari va mozorlar, shaharlar, qasrlar va qal'alar xarobalari, uy-ro'zg'or buuymlari va boshqalar kiradi. Ma'naviy yodgorliklar deganda qadimgi yozuvlar, xalq og'zaki ijodi namunalari, afsonalar, yozma yodgorliklar-bitik, qo'lyozma kitob, hujjatlar va arxiv materiallari tushuniladi. Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo'lgan va uning xususiyatlarini o'zida aks ettirgan moddiy va ma'naviy yodgorliklardan iboratdir. Shuni alohida ta'kidlash zararki tarixni, u qadimgi dunyo tarixi bo'ladimi, yoki o'rta asrlar tariximi, yo bo'lmasa yangi davr tarixi bo'ladimi, undan qat'iy nazar, uni manbasiz, aniqrog'i birinchi manbasiz, o'rganib bo'lmaydi. Masalan, ya'ni qadimgi dunyo tarixini o'rganish uchun ashyoviy (arxeologik) manbalar: qadimgi shaharlar, qal'alar, suv va mudofaa inshootlarini va umuman qadimgi odamlardan qolgan mehnat qurollari hamda zeb-ziynat ashyolari birinchi manba bo'lib xizmat qiladi. O'rta asrlar xususan VII-XIX asrlar tarixini arab, fors, turkiy, xitoy va hind tillarida yozilgan qo'lyozma asarlarsiz o'rganib bo'lmaydi. Yangi zamon tarixini o'rganishda esa davlat va mahalliy hukmdorlar mahkamasidan chiqqan hujjatlarsiz, ya'ni arxiv materiallarisiz o'rganib bo'lmaydi. Shu o'rinda yana bir zarur gapni aytib o'tishga to'g'ri keladi. Ma'lumki, manbadan foydalanishning o'zi bo'lmaydi. Buning uchun tadqiqotchi birinchi navbatda xorijiy tillarni yaxshi bilishi bilan birga o'sha tillarda yozilgan tarixiy manba va adabiyotlardan ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.92 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
12.92 KB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: docx