Tarixshunoslik fani, uning maqsad va vazifalari

Tarixshunoslik fani, uning maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Tarix
Tarixshunoslik fani, uning maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Tarixshunoslik fani, uning maqsad va vazifalari REJA: Tarixshunoslik fanining predmeti. Tarixshunoslik fanining manbalari. Tarixiy bilimlar taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullari va metodologiyasi. Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini o'rganuvchi fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlar taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki ma'lum bir muammoga bag'ishlangan tarixiy tadqiqotlarni o'rganadi va tahlil qiladi.Tarixshunoslik nafaqat tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan, Sharqshunoslik, etnologiya, tarixshunoslik va b) tarixi bilan ham shug'ullanadi.Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida to'plangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniklab, kelgusi tadqiqotlarning yo'nalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy-ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yo'naltirishdan iborat.Tarixshunoslik o'tmishda kechgan va bugunda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning o'sib borish jarayonini kuzatish imkonini beradi. Boshqacha aytganda , ma'lum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo'nalishi bilan bog'liqlikda ifodalaydi, ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy muhitning tarix faniga ta'sirini, u yoki bu yo'nalishdagi rivojlanish va tanazzulga yuz tutish sabablarini aniqlaydi.Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida o'z o'rniga ega bo'lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tarixini, unda faoliyat ko'rsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, ularning fan rivojiga qo'shgan hissalarini o'rganish kabi vazifalarni ham bajaradi. Tarixshunoslik tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud; -Qiyosiy tarixiy usul-turli tarixiy davrlarda tarixiy ma'lumotlar qanday paydo bo'ldi, harakatlandi,o'zgardi va rivojlandi, jamiyat taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi jarayonini aniqlashda qo'llaniladi; -Aniq tahliliy usul-olib borilgan tarixshunoslik tadqiqoti voqea-hodisalar tafsilotini kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayonini nazariy va faktik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 57.89 KB
Ko'rishlar soni 640 marta
Ko'chirishlar soni 109 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 57.89 KB
Ko'rishlar soni 640 marta
Ko'chirishlar soni 109 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga