Temuriylar davlatining parchalanishi

Temuriylar davlatining parchalanishi

O'quvchilarga / Tarix
Temuriylar davlatining parchalanishi - rasmi

Material tavsifi

Temuriylar davlatining parchalanishi. Amir Temur hayotligida saltanatni o'z o'g'illari, nabiralari orqali suyurg'ol, ya'ni in'om qilingan yer (markazga so'zsiz bo'ysinuvchi vassal) shaklida idora etar edi. Qobul, Fazna, Qandahar, Balx mamlakatlarini o'g'li Jahongir Mirzo, uning vafotidan so'ng nabirasi Pirmuhammad, Farg'ona o'lkasini o'g'li Umarshayx Mirzo, Ozarbayjonni o'g'li Mironshoh Mirzo va Xurosonni o'g'li Shohruh Mirzolar boshqarar edi. Bunday tartib ham Temur vafotidan so'ng davlat parokandaligini kuchaytirgan edi. Dafn etish va motam marosimi tugamasdanoq, toju-taxt kurashi boshlanib ketdi. Valiahd Pirmuhammad Qobul va Shimoliy Hind mulklari egasi bo'lib, u uzoqda edi. Bundan tashqari ko'pchilik uni taxt egasi sifatida ko'rishni hohlamas edi. Temurning sadoqatli kishilarining aksariyati taxtga Shohruh Mirzo loyiq deb hisoblar edilar. Mana shunday bir vaziyatda Mironshoh Mirzoning o'g'li, Toshkent, Sayram, Turkiston hokimi Xalil Sulton (1384-1409) 1405 yilning 18 martida Samarqandni eg'allab, o'zini Movarounnahr hukmdori deb e'lon qiladi. Biroq qisqa fursatda uning va xotini Shodimulkning nojoiz faoliyatlari sababli oddiy xalqnigina emas, amaldorlarning ham undan ixloslari qaytadi. X.Sultonga qarshi noroziliklar kuchayib, Farg'ona hokimi Amir Xudoydod va o'z ukasi Mirzo Sulton Husaynlar ham unga qarshi bosh ko'taradilar. Xorazm esa Oltin o'rdalik sarkarda Amir Idiku O'zbek tomonidan ishg'ol qilinadi. 1405-1406 yillarda X.Sulton bilan Pirmuhammad va Shohruh Mirzolar o'rtasida harbiy to'qnashuvlar ham bo'lib o'tdi. Shu tariqa Amir Temur saltanati Xuroson (Shohruh), Balx va hind yerlari (Pirmuhammad), Farbiy Eron, Ozarboyjon, Iroq (Mironshoh, Umar Mirzo, Abu Bakr), Turkiston, O'tror, Sayram (Amir Berdibek), Farg'ona (Amir Xudoydod) yerlariga bo'linib ketdi. Lekin ularning ham asosiy maqsadlari sobiq saltanat yuragi - Samarqand taxtini eg'allash edi. 1407 yil 22 fevralda valiahd Pirmuhammad o'z vaziri Pirali Toz tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.26 KB
Ko'rishlar soni 484 marta
Ko'chirishlar soni 99 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.26 KB
Ko'rishlar soni 484 marta
Ko'chirishlar soni 99 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga