Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson Garchand Amir Temur qudratli saltanat barpo etib, uning hududlarini sharq-u g'arbga, shimolu janubga kengaytirib, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy jihatlardan yuksaltirib dovrug'ini olamga mashhur qilgan bo'lsa-da, biroq uning vafotidan keyin mamlakat tanazzulga uchrab bordi. Buning asosiy sababi awalo shundaki, Amir Temur tasarrufiga kirgan ellar va yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho'zilgan bo'lib, ularni yagona bir markazdan turib uzoq vaqt boshqarish murakkab edi. Buning ustiga, ulardagi mavjud turli-tuman muholifatchi kuchlar ertami-kech o'z hududiy musta-qilligi uchun harakat yetishlari tabiiy edi. Sohibqiron saltanatini zaiflashtirish va parchalanishga olib kelgan muhim omillardan yana biri - ko'p sonli temuriy shahzodalar o'rtasida toj-taxt uchun boshlanib ketgan va bir necha yillarga cho'zilgan o'zaro besamar urush-u nizolardir. Chunki, Amir Temur vafotidan so'ng, saltanat vorislari uning dono vasiyatlari, o'gitlariga amal qilmaydi, markaziy hokimiyatni egallash maqsadida jang-u jadalga kirishadilar. Amir Temur Xitoy yurishiga otlangan bir paytda O'trorda 1405- yil 18-fevralda kasallanib vafot etgan paytda uning 4 o'g'lidan 2 tasi (Mironshoh va Shohruh Mirzolar) va 19 ta nevara, 15 chevara, shuningdek, qizlari - Og'a begim, Sulton Baxt begim va Og'a begimning o'g'li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi. Amir Temur vasiyatiga ko'ra uning o'rnini Qobul, Qandahor va Shimoliy Hind yerlarini boshqarib turgan nabirasi Pirmuhammad (Jahongir Mirzo o'g'li) egallashi kerak edi. Biroq shahzoda Halil Sulton (Mironshoh o'g'li)ning o'zboshimchalik bilan Samarqandni egallab, o'zini hukmdor deb e'lon qilishi, tabiiyki, boshqa shahzoda-larning ham qo'zg'alishiga, saltanatning darz ketishiga olib keldi. Buning oqibatida tez orada g'arbiy hududlarning ancha qismi mustaqil bo'lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda turkmanlarning Oq quyunli va Qora quyunli sulolalarining Temur saltanatiga ...

Joylangan
23 Nov 2022 | 19:56:36
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.79 KB
Ko'rishlar soni
620 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 22:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Nov 2022 [ 19:56 ]
Bo'lim
Tarix
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.79 KB
Ko'rishlar soni
620 marta
Ko'chirishlar soni
51 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 22:02 ]
Arxiv ichida: doc