Temuriylar hukmronligi (1405-1506) davrida ilm-fan va madaniy hayot

Temuriylar hukmronligi (1405-1506) davrida ilm-fan va madaniy hayot

O'quvchilarga / Tarix
Temuriylar hukmronligi (1405-1506) davrida ilm-fan va madaniy hayot - rasmi

Material tavsifi

Temuriylar hukmronligi (1405-1506-yy.) davrida ilm-fan va madaniy hayot Garchi XV asr boshidan ichki nizolar, o'zaro kurashlar mamlakat ichki hayotiga salbiy ta'sir o'tkazgan bo'lsa-da, lekin temuriy hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo Ulug'bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-1469) davrlarida ichki osoyishtalik, ma'rifat va madaniyatga e'tibor tufayli ilmu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana Sharqning ma'rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi. Bu vaqtda nafaqat poytaxt Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, shoiru-me'morlar, bastakoru-naqqoshlar guruhlari to'plana boshlaydi. Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, Sheroz ham o'ziga xos madaniy markazlar rolini o'ynay boshlaydi. Tarixda ma'rifatparvar va oqilligi bilan nom chiqargan Shohruh (1405-1447) davrida asriy ilm-fan, madaniyat, an'analari qayta jonlana boshlagan edi. Shahar qayta qurila boshlandi. Hirotdagi eng gavjum joylardan biri Shohruhning o'g'li Boysunqur tashkil etgan kitobxona nomini olgan joy bo'lib qoldi. Bu yerda o'z davrining eng sara kitoblari qayta ko'chirilar, sotib olinar va sotilar edi. Bu paytda hukmdor va amaldorlarning homiyligi natijasida tasviriy san'at, amaliy san'at, hattotlik san'ati, ayniqsa, o'z rivojini maromiga yetkazdi. Mirak naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san'ati ham o'z faoliyatini shu yerdan boshlagan edi. Hirotlik va xurosonlik ko'plab badavlat zodagonlar, savdogarlar ham ilm-fan, madaniyatga homiylik qila boshlaydilar. Masalan, Shohruh davrida yashagan taniqli zodagon Hoji Arslon tarxon o'zining ma'rifatparvarligi bilan nom chiqargan edi. Lekin, har holda hukmdorlar ichida ilm-fan, ma'rifat va madaniyatga yetarli homiylik qilgan shaxs - bu o'zi ham buyuk olim bo'lgan Mirzo Ulug'bek hisoblanadi. Mirzo Ulug'bek uning zamondoshlari, muarrixlarning xabar berishlaricha sharq mutafakkirlari, ular orqali yunon mumtoz ilmiy asarlaridan xabardor bo'lgan. Ulug'bek zamondoshi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.65 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 22:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tarix
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.65 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga